| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
“Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovining respublika bosqichi
9-06-2017, 11:14
“Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovining respublika bosqichi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2017-yil 7-iyun kuni "Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovining respublika bosqichi otkazildi.

 

Har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqindan hamkorligini tashkil etib borish, yoshlarning iste’dodini namoyon qilish, tanlagan kasb va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishini kuchaytirish, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash va rag‘batlantirish, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2017-yil 7-iyun kuni tashkil etilgan "Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovning "Qurilish-pardozlash ishlari ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti 3 bosqich talabasi Shermamatov Jasur sovrinli birinchi o‘rinni egalladi. J.Shermamatov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan diplom va televizor bilan taqdirlandi.