03апр
⚡️Toshkent arxitektura – qurilish instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 50-o‘rta maktabga tashrif buyurishdi.

🔸Kafedra professor-o‘qituvchilari “Maktabda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish” mavzusida maktab o‘qituvchilariga master-klass o‘tib berishdi.
🔸Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni aqliy salohiyatini yanada o‘stirish, dunyoqarashini kengroq shakllantirish hamda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, maktab fan o‘qituvchilariga bu borada ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning o‘rni, interfaol usullarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🔸Maktab o‘qituvchilariga ta’lim jarayonida, albatta, fan mavzularining mazmuniga va murakkabligiga qarab, hamda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etildi.
🔸Jumladan, dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullardan Klaster, BBB jadvali, Sinkveyn, T-sxema, Nima uchun? sxemasi, Qanday? jadvali, Rezyume, esse kabilar bilan tanishtirildi.
🔸Maktab o‘quvchilari bilan “Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish iste’dodini yuzaga chiqarish” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan Erkin Voxidov, Zulfiya, Hamid Olimjon, G‘ofur G‘ulom ijodiga mansub she’rlar o‘qib berildi.
📚Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha faol qatnashgan maktab o‘quvchilariga hamda maktab kutubxonasiga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari L.Xolmamatova, N.Aripova va 15-17 BIQ hamda 2-19 Ar guruhi talabalari tomonidan kitoblar taqdim etildi.
Maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yuqori kayfiyat va taassurotlarga boy bo‘ldi.
TAQI Matbuot xizmati