01апр
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz

Toshkent arxitektura qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Z.M.Abduvaliev kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning 2019 yil 4 sentabrdagi Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi № PQ-4436-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvoriligini ta’minlash kabi bir qator vazifalar alohida qayd etilganligi haqida gapirdi.
"Sizlar kelajagimizsiz, biz sizga ishonamiz. Buning uchun siz faqat oldingizga ezgu maqsadlar ko'yib, yuqori darajadagi bilimlarni egallab, vatanimiz ravnaqi uchun o'z hissangizni qo'shishingiz lozim. Hech qanday diniy-ekstremistik oqimlarga aldanmang. Ilm-ma'rifat bunday yot g'oyalarga asosiy quroldir. Magsadingizni bilim olishga qarating ana o'shanda sizning kelajagingiz albatta porloq bo'ladi", dedi - S.Xabibullaev.
Islom niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan buzg‘unchi oqim va harakatlarning yuzaga kelish tarixi, ularning maqsadi, g‘oyaviy-aqidaviy asoslari, moliyaviy manbalari, faoliyat uslublari va g‘ayriislomiy mohiyatiga alohida e’tibor berildi. Mamlakat va xalq osoyishtaligini saqlash, jamiyat rivoji, barqarorlik, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda tadqiqotchi olimlar, ziyolilar va talabalar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari orasida turli buzg‘unchi g‘oyalar, aqidaparastlik, radikalizm va boshqa salbiy oqibatlarga olib keluvchi omillardan ogoh etish, ularga qarshi kurashish hamda yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik borasida katta saboq berildi
Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.