24мар
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan o‘zaro hamkorlik tadbiriga start berildi

Mazkur tadbirda Turkiyaning Yildiz texnika va Istanbul madaniyat universiteti professorlari Chidem Janbay Turkyilmas, Erxan Turkyilmas va TAQI Arxitektura fakulteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Turkiya OTMlarida arxitekturaviy dizayn yo‘nalishi bo‘yicha dars o‘tish tajribasi to‘g‘risida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Turkiya universitetlarida onlayn dars jarayonlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.