20фев
Arxitektura fakulteti "Coworking" markazida Arxitektura fakulteti hotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda "Creative Modern Girls" ko`rgazmali ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.
Toshkent arxitektura Qurilish instituti Arxitektura fakulteti "Coworking" markazida 2021 yil 18 fevral kuni institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda Arxitektura fakulteti hotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda "Creative Modern Girls" ko`rgazmali ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.
Ko`rik tanlovda talaba qizlarning "Interier", "Kichik Architecture" va "Qush uyasi" yo`nalishdagi ijodiy maketlarini Interier va landshaft dizayni kafedrasi mudiri va o`qituvchilari tomonidan ko'rib chiqib baxolandi.
Ko'rik tanlovda baholangan natijilarga ko'ra 1-2-3-o`rin sovrindorlari aniqlanib, ularga faxriy yorliqlar va nominatsiyalar takdim etildi.
Sovrindorlarga nomdor stipendiyalar, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotlarini qo`lga kiritishga tuman, shahar,Respublika hamda xorijiy davlatlarida bo`lib o'tadigan kurgazma va kurik tanlovlarda ishtirok etish uchun zamonaviy yondashuvlar asosida ijod qilishlari haqida tavsiyalar berildi.