| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“SAYLOV TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI”
9-11-2016, 09:41

Toshkent arxitektura qurilish instituti "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori T.Alimardonov tomonidan 2016 yil 28 oktyabr kuni TAQI huzuridagi qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida "Saylov tushunchasi va uning mohiyati” mavzusida ma’ruza qilindi. Professor o`z so`zida saylovlar davlat hokimiyatining muayyan turdagi organini yoki mansabdor shaxsini bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan shakllantirish bilan bog`liq jarayonga oid tartib-taomillar ekanligini aytib o`tdi. Saylov huquqi atamasi birinchidan, saylovlarni tashkil etish va o`tkazishni tartibga soluvchi xuquqiy normalar yig`indisi bo`lsa, ikkinchidan, fuqarolarning saylovda qatnashishga oid siyosiy xuquqlarini amalga oshirish mexanizmi, ya`ni nomzodlar ko`rsatish, nomzodlar va ularning dasturlari bilan tanishish va muhokama qilish, saylanish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish va ovoz berish kabi huquqlarini o`z ichiga olishini ta`kidlab o`tdi. Tadbirda markaz direktori S.Matkarimov hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o`tdi.

"Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi Sh.Qurbonova

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi