| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusidagi tadbir
9-11-2016, 09:34
 "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusidagi tadbir
 
 

Toshkent arxitektura qurilish instituti "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusidagi tadbir BAYONNOMASI

Toshkent arxitektura qurilish instituti "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2016 yil 27 oktyabr kuni "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirni "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent N.Berdaliev kirish so`zi bilan ochib, o`tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati haqida to`xtalib "Saylov tushunchasi va mohiyati” mavzusida ma`ruza qildi.

Tadbirda "Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi M.Utemuratov "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslari” mavzusida ma`ruza qildi. U o`z so`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Prezident vazifa va vakolatlarini bajarishni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga vaqtincha yuklash to`g`risid;agi qarorining qonuniy asoslari va ahamiyati haqida to`xtalib o`tdi.

Shuningdek, N.Bo`ronova "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazish bosqichlari” mavzusida ma`ruza qildi. U o`z so`zida O`zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga muvofiq, saylov jarayoni bir-birini to`ldirib va rivojlanib boruvchi bir qancha bosqichlardan iborat ekanligini aytib o`tdi.

Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o`tdi.

 

"Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Berdaliev

Bayonlashtiruvchi Sh.Qurbonova


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi