| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



36-16 QIo‘ guruh talabalarining Olimpiya Shon - Shuhrat muzeyiga tashrifi
6-11-2018, 18:35
Toshkent arxitektura qurilish instituti 36-16 QIo‘ guruh talabalari bilan "Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi v.v.b. dotsent D.Sh.Mirdjalilova boshchiligida joriy yilning 5 noyabr kuni Olimpiya Shon - Shuhrat muzeyiga tashrif uyushtirildi.
O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurar ekanmiz uning tarixi bilan muzey xodimi (Gid) tanishtirdi.
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Muzeyning tantanali ochilish marosimi 1996 yil 1-sentabrda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining o‘sha paytdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishgan.
Mamlakatimiz sportining ko‘zgusi hisoblangan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi O‘zbekiston Olimpizm qadriyatlarini hamda «halol o‘yin» tamoyillarini targ‘ib qilishda, O‘zbekiston sportchilarini olamshumul g‘alabalari va mamlakatimizda Olimpiya xarakatini rivojlantirish tarixi to‘g‘risida keng jamoatchilikni bohabar qilishda muhim o‘rin egallaydi. 
O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 2000 dan ortiq ekponat o‘rin egallagan bo‘lib, shundan mingdan ortig‘i doimiy ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, sport anjomlari va kiyim-kechaklari ko‘p miqdorda ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Talabalar ushbu ma’naviy ma’rifiy tadbirdan ijobiy tasavvurlar bilan qaytishdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi