| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



15-17 BIQ guruh talabalarining Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatriga tashrifi
6-11-2018, 19:39
 "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti, BIQ ta’lim yo‘nalishi, 15-17 BIQ guruh  talabalari 2018 yil 6-noyabr kuni guruh murabbiysi L.Xolmamatova boshchiligida "Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatri”ga tashrif uyushtirdilar. Talabalar "Muqumiy nomidagi musiqiy drama teatri”ning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri — O‘zbekistonning yirik teatrlaridan biri hisoblanadi. 1939 yil 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli (rej. M.Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat bo‘lib, Mirshohid Miroqilov— badiiy rahbar, F. Umarov, B.Xo‘jayev— rejesyorlar; M. Kuznesova, S. Xo‘jayev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov,          A.Boltayev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullayev, M. G‘ofurov, M. Mirtolipov, 3. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. "O‘jar xonim" (Lope de Vega), "Oshiklar" (B. Xalil), "Qozixona" (G‘. G‘afurov) kabi spektakllar teatrning dastlabki spektakllari bo‘ldi.
1940 yil teatr musiqali drama va komediya teatri nomi bilan qayta tashkil bo‘ldi. T. Jalilov — badiiy rahbar, A. Azimov — bosh rejesyor etib tayinlandi.
Teatrning birinchi katta ishi "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla; T. Jalilov, 1941) musiqali dramasi bo‘ldi. 
Urushdan keyingi yillar teatr repertuarida kichik mavzularga murojaat etish, soxta jo‘shqinlik kayfiyati yetakchilik qildi. Spektakllar sahnalashtirish va ijro mahorati jihatidan ancha sayozligi natijasida teatr mavqei ancha tushib ketdi va ko‘pgina ijodkorlar teatrni tashlab ketdi. 40-yillarning oxiri — 50-yillarning boshlariga kelib teatr hayoti ancha jonlandi, chunki teatr 1948 yil Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl musiqali drama teatri bilan birlashtirildi va teatr jamoasi yangi binoga ko‘chib o‘tdi.
50—60-yillarga kelib musiqali dramalar yaratishda nafaqat bastakorlar, balki kompozitorlar ham faol qatnasha boshladilar. "Oltin ko‘l" (Uyg‘un; M. Leviev), "Vatan ishqi" (Sh. Sa’dulla, 3. Fatxullin; S. Boboyev), "Toshbolta oshiq" (H. G‘ulom; M. Leviev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), "Nodira" (X.Razzoqov; K.Jab-borov, S.Hayitboyev) va boshqa shular jumlasidan. 
70—80-yillarga kelib teatrning muvaffaqiyatli spektakllari asosan tarjima asarlardan iborat bo‘ldi. "Qonli to‘y" (Garsiya Lorka; I. Akbarov), "Reja" (R. Tagor; M. Bafoev), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichus; M. Bafoev), "Jon qizlar" (K. Shang‘itboev, K. Boy-seitov; A. Muhamedov), "Malinovkada to‘y" (L. Yuxvid; B. Aleksandrov), "Momo yer" (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), "Un ikkinchi kecha" (U. Shekspir), "Xonuma xonim" (A. Sagareli; G. Kancheli) kabi musiqali dramalar shular jumlasidan.
1972 yildan teatr O‘zbek davlat musikiy teatriga aylantiriddi. "Zuldir" (A. Ibrohimov; M. Bafoev), "Hiylai shar’iy" (R. Guntekin; M. Mahmudov) kabi satirik komediyalarda musiqada ham, aktyorlar ijrosida ham hazilmutoyiba, uziga xos utkir kinoya, istehzo ustunlik qildi. Lekin 70—80-yillar tajribasi shuni kursatdiki, teatr repertuari o‘sha davrda yaratilgan adabiy asarlardan ancha orqada qolib ketdi. Sahna rivojlanishi juda past bo‘lib, murakkab mavzulardan krchildi, maishiy komediyalar yaratishga, bir xil qoliddgi spektakllar sahnalashtirishga e’tibor qaratidsi. Bunga katta avlod urniga kelgan yosh ijodkorlarning mustaqil ijodga hali tayyor emasliklari sabab bo‘ldi.
80-yillar oxiri — 90-yillarning boshlarida teatr repertuarini ko‘proq ertak va afsonalar egalladi. "Gul va Navruz", "Yusuf va Zulayho", "Tuyaqush boyaqish", "Shayton va muridlar" kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, dolzarb mavzular, qayta qurish va qayta qurishdan keyingi davr yoritilgan spektakllar ham sahnalashtirildi. Lekin spektakllarda ijtimoiy hodisalar chuqur taxlil qilinmagan holda, yuzaki hal etildi. Zamonaviy maishiy mavzu musiqali komediyalar ("Kuyovlar konkursi", "Dilafruzga 4 oshiq" va boshqalar) bilangina chegaralanib qoldi.
1993—94 yillar teatr repertuari "Bir kam dunyo" (T. Yunus, A. Yunus), "To‘ylar muborak" (O‘. Hoshimov, O. Muxtor; M. Maxmudov), "Toshkentga sayohat" (B. Dar-vesh; N. Xalilov) va boshqa musiqali komediyalar bilan boyidi. Bu spektakllarda xalq lirik kuylari, hazil, o‘yinbop qo‘shiklar asosiy o‘rin tutdi. O‘sha yillarda sahnalashtirilgan "Nodirabegim" (T. To‘la; F. Olimov), "Har kimki vafo qilsa" (H. Muhammad; A. Ismoilov, S. Xayitboyev, M. Otajonov) kabi spektakllarda tarixiy mavzuga qaytish, milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik tarixiy shaxslarni gavdalantirishda teatr sifat jihatiga alohida e’tibor berdi.
1995—97-yillar "Fotima va Zuhra" (O‘. Umarbekov; F. Olimov), "Oqibat" (R. Ma’diyev; B. Umidjonov), "Devona" (R. Ma’diyev, F. Olimov) vab. spektakllarda realistik an’analar ta’sirchan melodramalar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Keyingi yillarda syujet chizig‘i hazil-mutoyiba, kiziqchilik, aktyorning yangi topilmalari bilan qorishib ketgan "Bu qanday balo" (Ye. Yusufaliyev; N. Xalilov), "Superqaynona" (S. Ismoilov; F. Olimov), shuningdek, "Tuydan keyin tomosha" (Shukrullo; N. Norxo‘jayev), "Taqdir" (R. Ma’diyev; B. Lutfullayev), "O‘lding , aziz bo‘dding" (X. Xursandov; F. Olimov) kabi bir qancha muvaffaqiyatli spektakllar sahnalashtirildi.
Bugungi kunda teatr izlanishda, harakatda, F. Rahmatova, M. Ixtiyorova, S Po‘latov, N. Po‘latova, D. Safoyeva, M. Yoqubova, M. Qayumova, A. Mirzayevalar bilan bir qatorda R. Solihov, T. Beknazarov, M. Salimov, T. Pirjonov, X. To‘xtaev, 3. Boyxonova, B. Xolmirzayev, M. Bekjonova, A. Bekjonov, N. Rustamov, G. Rustamova, D. Uzoqov kabi yoshlar ham teatrning yetakchi aktyorlaridir.
Teatrning bosh rejesyori — Bahodir Nazarov, bosh dirijor — Jo‘ra Ortiqov, bosh baletmeyster — Shokir Axmedov.
Muqimiy teatri binosi qadimiy va zamonaviy me’morlik uslublarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida barpo etilgan (1943, bezaklari —1951, me’morlar D. Xazanov, V. Tixonov; muhandis A. Rabinovich; xalq ustalari Yu. Musayev, M. Qosimov, Usta Shirin, Sh. G‘ofurov, Usta Mo‘min va boshqa qatnashgan). Bosh tarzi 3 ravokli, peshtoqli, tepasi sharafali. Peshtokining 2 yoniga ganchkori panjarali namoyon ishlangan. Usta Yusufali daxliz zallarini qobirg‘ali gumbazlar bilan ko‘targan, ustunlar orasiga ustma-ust ravoqlar o‘rnatib, intereri ganch o‘ymakorligida bezatilgan. Usta Mo‘min tomosha zali devoriga uzum va uning barglari tasvirini ganchga o‘yib ishlagan, foesida esa gullayotgan o‘rik daraxti tasvirlangan. Tomosha zali 800 tomoshabinga mo‘ljallangan. Mustaqillik yillarida teatr ilk bor rekonstruksiya qilindi. Talabalar "Muqimiy nomidagi musiqiy drama teatri” tarixi haqida juda ko'p ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi