| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



15-17 BIQ guruh talabalarining “Xalqlar do‘stligi monumenti”ga tashrifi
6-11-2018, 19:37
"Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti, BIQ ta’lim yo‘nalishi, 15-17 BIQ guruh  talabalari 2018 yil 6 noyabr kuni "Xalqlar do‘stligi monumenti”ga tashrif buyurdilar.
Guruh murabbiysi L.Xolmamatova talabalarni "Xalqlar do‘stligi monumenti”ning tarixi bilan yaqindan tanishtirdi.
2008 yilda Xalqlar Do‘stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahridan chekkaga joylashtirilgan edi. Hozirda haykalni Toshkent markaziga qaytadan o‘rnatildi.
Shomaxmudovlar oilasi haqida Raxmat Fayzievning «Yego velichestvo Chelovek» romani asosida kinorejissyor Shuxrat Abbosovning «Sen yetim emassan» kinosi tasvirga olingan va bu kino xali hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi. 
Asrab olingan bolalar orasida Rus, Belorus, Moldavan, Yevrey, Latish, Tatar, Qozoq xatto Nemis bolasi ham bo‘lgan. 
1982 yil Toshkentga o‘rnatilgan Do‘stlik haykalining muallifi haykaltarosh D.B.Ryabichev, arxitektorlar L.T.Adamov, S.R.Adilov.
Shomahmudovlar oilasi  — insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan oila. 2-jahon urushi davrida Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1890—1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903—87) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, ta’lim-tarbiya bergan.
Toshkent shahri ayollarining O‘zbekiston ayollariga qarata qardosh xalqlarning yetim qolgan va evakuatsiya qilingan bolalarini tarbiyaga olish haqidagi 1942 yil yanvar murojaati ularni shahardagi 17-bolalar uyiga olib keldi. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari bo‘lgan 13 bola va urushdan so‘ng yana 3 bolani o‘z tarbiyalariga olishgan.
Bular: Habiba, Vova, Shuhrat — rus, Hamidulla — ukrain, Rafiq, Rahmatulla — tatar, Xolida — moldavan, Samug‘ — chuvash, Yo‘ldosh, Ergash — yahudiy, Halima — qozoq, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Hakima, Ulug‘bek — o‘zbek.
Shomahmudovlar oilasi  samarqandlik Samadovlar oilasi kabi insonparvarlikni ulug‘lovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik ko‘rsatdi. Yozuvchi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» romani, «O‘zbekfilm» kinostudiyasining «Sen yetim emassan» badiiy filmi yaratilishiga Shomahmudovlar oilasi hayoti asos bo‘lgan. Bu oila sharafiga Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida Xalqlar do‘stligi monumenti o‘rnatilgan.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi