| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida davra suhbati.
6-11-2018, 17:47

Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar "Diniy bag‘rikenglik va millatlararo

 

totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida diniy ulamolar bilan o‘tkazilgan davra suhbati

Tadbirni Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.Eshmuradov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmon bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashishni kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zni O‘zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimi, bosh mutaxassis Xushvaqtov Muhammad Yusuf Ashurovich - bugungi kunda islom dinini niqob qilib, noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlari qo‘lida qurol bilan musulmon davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qo‘llanmalar tarqatish orqali dunyo yoshlarini ongini zaharlab o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirishayotganligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yili davomida xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ulkan yangiliklar sodir bo‘ldi. Eng muhimi, ong va tafakkurimiz o‘zgarib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida xalqimizning shaxsiy, umummilliy maqsadlar mushtarakligiga hamda g‘oyaviy birlikka intilish hissi uyg‘ondi. Biroq, bizning mustaqil yuksalish natijalarimizni ko‘ra olmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizni qadrsizlantirishga qaratilgan g‘oyaviy tahdidlar hamon davom etmoqda. Madaniyatsiz va insoniy xislatlarini yo‘qotgan ashaddiy jinoyatchilar qabih ishga qo‘l urishlari hamda hozirgi kunlarda terrorizm yangi shakl olib, eng zamonaviy qurollardan foydalanish orqali qabih niyatlarini amalga oshirayotganliklari haqida gapirdi.

 

 

“Diniy bag‘rikenglik va millatlararo  totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida  davra suhbati.

 


 

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi