| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



"Menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan Shveytsariyaning Bern Universiteti professori I. E. Muradova bilan uchrashuv tashkil etildi
11-09-2018, 17:24
2018 yil 10-sentabr kuni soat 9:00 da "Qurilishni boshqarish" fakultetining  majlislar zalida (102-xona)  dekan  O.Sh. Mamanazarov, "Menejment” kafedrasi mudiri dots. I.X. Davletov,  institut  xalqaro bo‘limi xodimi F.A.To‘raxanova, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar (jami 13 nafar xodimlar)   va kafedraning   1- va 4-kurs talabalari (40 nafar talaba) ishtirokida  Shveytsariyaning  Bern Universiteti professori  Inobat Ermanovna  Muradova bilan uchrashuv o‘tkazildi.  U kishi mazkur Universitetda  iqtisod, siyosiy iqtisod, menejment, davlat boshqaruvi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan ma’ruzlar olib boradi. Shu bilan birga,  hozirgi paytda prof. I.E.Muradova  AQSh va Kanada (Moneral) universitetlarida ham mazkur fanlardan dars mashg‘ulotlarini olib boradi.       
Uchrashuvni "Menejment” kafedrasi mudiri i.f.n., dots. I.X. Davletov kirish so‘zi bilan ochdi. 
Dastlab "Menejment” kafedrasi mudiri dots. I.X. Davletov  mamlakatimizda  Prezident Sh.Mirziyoyev rahnomaligida olib borilayotgan keng qamrovli  ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyati, xususan oliy ta’lim tizimidagi  tub o‘zgarishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 
So‘ngra so‘z prof. I.E. Muradovaga  berildi. Shvetysariyaning Bern Universitetidagi  faoliyati to‘g‘risida I.E. Muradova  qisqacha  talabalarga gapirib berdi.  Shuningdek,  u yerdagi ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari,  qonun-qoidalar va tartib-taomillari haqida gapirdi. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari oliy ta’lim muassasalarinig aksariyatida o‘qish jarayoni  ta’lim krediti asosida tashkil etilganligi  bois Bern universitetida ham ta’lim mazkur tizim asosida tashkil etilgan. 
Shuni ta’kidlash joizki, Universitet 1805 yilda  tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda 17 mingdan ortiq talabalar turli davlatlardan kelib tahsil olishadi. Reyting bo‘yicha Bern Universiteti  Shveysariyada  6-o‘rinda,  dunyo miqyosida esa  202-o‘rinda turadi. 

 Uchrashuv chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan  turli savollarga batafsil javoblarni olishdi. Ayniqsa, mazkur Universitetga kirish jarayonidagi o‘ziga xosliklar,  xorijiy (ingliz, fransuz,nemis)tillarni  bilish darajasiga qo‘yiladigan talablar,  imtiyozlar,   ta’lim krediti, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning  tashkil etilishi,  falsafa doktori (PhD)  va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha ko‘plab savollar berildi. 

Mazkur uchrashuv ko‘tarinki ruhda hamda ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu uchrashuvdan   judayam mamnun bo‘lishdi. Ular uchrashuvda Yevropa OTMlarida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, shuningdek kadrlar tayyorlash  va ta’lim sifatini oshirish borasida  dunyo yangiliklaridan qandaydir darajada jonli axborotni olishga muyassar bo‘lishdi. O‘ylaymizki,  bugungi uchrashuv foydadan holi bo‘lmadi va bunday uchrashuvlar o‘quv  yili davomida hali yana o‘tkaziladi, Sizga,  prof. I.E. Muradova tashrifingiz uchun katta rahmat, Sizga mustahkam sog‘liq-salomatlik va  ishlaringizda  yanada  ulkan zafarlar tilab qolamiz va kelgusida  Siz bilan yana uchrashamiz degan umiddamiz deb, "Menejment” kafedrasi mudiri dots. I.X.Davletov uchrashuvni yakunladi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi