| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat
7-09-2018, 12:30
2018 yil 7-sentabr kuni  "Bino va inshootlar qurilishi" fakultetida Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori mayor A.Usmonov tomonidan 1-kurs guruh talabalari bilan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Tadbirda kirish so‘zini "Bino va inshootlar qurilishi" fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Abdullayev boshladi. O‘z so‘zida bugungi kunda transport vositalarida tashilayotgan yo‘lovchilar, xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Yangi qabul qilingan qoidalar yurtimizda kechayotgan tub o‘zgarishlar va yangilanish jarayonlariga hamohangdir. U yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Mazkur qoidalardagi har bir bandning so‘zsiz bajarilishi yo‘llarimizda xavfsiz harakatlanishni yuzaga keltirib, odamlarning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilishni ta’minlaydi. A.Abdullaev so‘z navbatini Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori mayor A.Usmonovga berdi. A.Usmonov o‘z so‘zida mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida Toshkent shahrida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ega bo‘lgan kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim harakat xavfsizligini ta’minlashda, ijobiy natijalar salmog‘ini oshirishda muhim omilga aylanadi.
Yangi qoidalar haydovchilar zimmasiga qator majburiyatlarni yuklamoqda. Jumladan, haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni harakat vaqtida tanani (qo‘lni chiqarish bunga kirmaydi) avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi shart. Xuddi shu talab qoidalarning yo‘lovchilarga tegishli 24-bandiga kiritildi. Bunga keyingi paytda to‘y marosimlarini videotasvirga olish jarayonida shunday holatlarning ko‘payib borayotganligi va ular turli noxush oqibatlarga olib kelayotganligi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, qoidalarda belgilab qo‘yilganidek, bundan buyon har bir haydovchi yo‘lga chiqishidan oldin avtomashinadagi yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqib olishi haqida ogohlantirishi zarur.
Mazkur qoidalarga asosan harakat xavfsizligini ta’minlashni yaxshilashga xizmat qiluvchi yana bir yangilik joriy etilmoqda. Ma’lumki, kunning qorong‘i vaqtlarida, ayniqsa, yoritilmagan joylarda transport vositasi biror-bir sabab bilan, masalan, nosozlik tufayli to‘xtab qolishi mumkin. Shunday paytda haydovchi mashinasini ta’mirlash uchun tashqariga chiqadi. Bu bilan xavfli holat yuzaga keladi. Yo‘ldan o‘tayotgan transport vositalarining egalari ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanayotgan haydovchini ko‘rmay qolishi mumkin. Oqibatda ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ladi. Shunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida yangi qoidalarda tungi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi. Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirish vositasi, majburiy to‘xtaganini bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimchalar ham bo‘lishi shart.
Yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari”da avtomashinalarning harakatlanish tezligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solish choralari ko‘rilgan. Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar orasida yuqori tezlikning soatiga 30 kilometr qilib belgilanganligi aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning samarasidir.
Sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalariga piyodalar ham sababchi bo‘layotganidan bugungi kunda aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bunday holatlarga barham berish va uning oldini olish uchun yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari”ning 19-bandida piyodalarga yo‘lda yurganda, piyodalar uchun ajratilgan joylardan o‘tayotganda xayolni chalg‘ituvchi narsalardan, jumladan, telefon, planshetlardan foydalanish, video ko‘rish, gazeta, jurnal va kitob o‘qish man etildi.
Ko‘pgina mamlakatlarda transport vositalari kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni ko‘rsatuvchi chiroqlarini yoqib yuradi. Bu, albatta, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashda ko‘pchilikka qo‘l keladi. Kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarini yoqib yurgan transport vositasi, avvalo, ko‘pchilik e’tiborini tortadi. Bu holat yangi tahrirdagi qoidalarning 138-bandida o‘z ifodasini topdi. Unda tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, motosikl va mopedlarning yaqinni yorituvchi chiroqlari kunning yorug‘ paytida ham yoqib yurilishi ko‘rsatib o‘tildi. Yangilik, avvalo, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirishga yordam beradi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi