| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tilgan “Mustaqillik darsi”
7-09-2018, 12:26
2018 yil 5-sentyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Bino va inshootlar qurilishi" fakulteti katta majlislar zalida "Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tiladigan "Mustaqillik darsi” "Ma’naviyat soati” bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanib, kirish so‘zini institutning o‘quv bo‘limi boshlig‘i S.X.Maxkamov ochib berdi. S.X.Maxkamov o‘z so‘zida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan bugungi kunda biz uchun bebaho ne’mat bo‘lgan mustaqillikning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda. 
O‘tgan davr biz uchun g‘oyat muhim bir haqiqatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Erkin va farovon hayotimiz, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin. Faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar ochib beradi. S.X.Maxkamov so‘zni Bino va inshootlar qurilishi dekani I.Aliyevga berdi. I.Aliyev o‘z so‘zida  Mamlakatimiz istiqlolini, u bilan bog‘liq tarixiy sana va voqea-xodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin tutadi. Siz talaba-yoshlarni talabalar safiga qabul qilinganingiz hamda mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan muborakbot etaman. Bino va inshootlar qurilishi fakulteti 1-kurs hamda 2-kurs 250 nafar talaba-yoshlariga "Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”, O‘zbekiston – ochiq, shaffof va yuksak insoniylik  salohiyatiga ega mamlakat mavzusida katta majlislar zalida "Falsafa va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi A.Xudoyorov ma’ruza o‘tib berdi. Ma’ruza juda qiziqarli hamda savol javoblarga boy tarizda o‘tkazildi.

 



Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi