| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Umumxalq hayriya hashari”da
18-08-2018, 10:03
 
Respublikamizda 18-19-avgust kunlari "Umumxalq hayriya hashari" deb e’lon qilindi. Mazkur hashar "Mamlakat obodonlashuvida o‘z hissangni qo‘sh" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Toshkent arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va ko‘ngilli talabalari institut hududi hamda poytaxtimizdagi «Anhor-lokomativ» istirohat bog‘ida obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Obodlik – ko‘ngildan boshlanadi. Darhaqiqat, ko‘ngli obodning yurti ham obod. Azal-azaldan hashar xalqimizga xos eng qadrli udumlardan biri sanaladi. Bayramu to‘ylardan oldin kattayu kichik chor-atrofni tozalaydi, obod qiladi.
Qo‘shaloq bayramlar arafasida turgan vatandoshlarimiz ham Qurbon hayiti, ham Mustaqillik bayrami oldidan hasharga bel bog‘ladilar. Hashar bayramdan oldingi bayramdir. Institutimiz jamoasi sidqidildan, ko‘tarinki kayfiyatda hasharda faol ishtirok etmoqdalar.
 

 

 

 

 


 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi