| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi
7-07-2018, 17:52
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 7 iyul kuni "Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan taklif etilgan xorijiy mutaxassis, Turkmaniston Respublikasi Toshoguz qurilish tresti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ko'p yillar ishlab kelgan, hozirgi paytda nafaqada bo'lgan Matniyozev Yunusbay bilan uchrashuv utkazildi. Matniyozev Yunusbay kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrlari bilan "Turkmaniston respublikasida qurilish tarmog‘ining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

 

 

Davra suxbati ishtirokchilari Turkmanistonda qurilish tarmog‘ini mustaqqillik yillarida qanday rivojlanganligi, qanday xorijiy davlatlar bilan xamkorlik qilinganligi, respublikada qurilish tarmog‘ini rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Suhbat juda qizg‘in tarzda o‘tdi. Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga xorijiy mutaxassis tomonidan qoniqarli javoblar berildi.



 

 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi