| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



2017-2018 o‘quv yilida “Ekologiya” to‘garagining faoliyati to‘g‘risida
5-07-2018, 09:59
2017-2018 o‘quv yilida "Ekologiya” to‘garagi faoliyatini tashkil etish uchun ish rejasi ishlab chiqildi va Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti dekani bilan kelishilib, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlandi. "Ekologiya” to‘garagi 2017-2018 o‘quv yili mashg‘ulot jadvali asosida har oyda bir marotaba o‘tkazildi. Mazkur ish rejasiga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi va bajarildi. 
"Muhandislik qurilish infrastrukturasi”, "Qurilishni boshqarish” "Arxitektura”, "Bino va inshootlar” fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalar "Ekologiya” to‘garagiga a’zo bo‘lib, to‘garak faoliyatida ishtirok etishdi.
2017 yil 21 avgust kuni Toshkent telekanalida "Global iqlim o‘zgarishi” mavzusida "Ekologiya” to‘garagi rahbari sifatida intervyu berdim.
2017 yil 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid me’yoriy hujjatlarini mazmun mohiyatini to‘garak a’zolariga tushuntirildi.
2017 yil 27 oktabr kuni "Atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va xuquqiy asoslari” mavzusi bo‘yicha to‘garak a’zolari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi "2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi 142-sonli qarorining ijrosi yuzasidan to‘garak mashg‘ulotida talabalarga barqaror taraqqiyot ta’limining mazmun-mohiyatini "Aqliy hujum”, "O‘MO‘T (o‘ylab ko‘r, muhokama qil, o‘rtoqlash, taqqoslash)”, "Fikrlar va javoblarni baholash”, "Munozaralar yoki akvarium” kabi o‘qitishning faol usullaridan keng foydalangan holda tushuntirish berildi.

 

2017 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish qo‘mitasi tomonidan ekologiyaga oid yangi ma’lumotlar (slaydlar, multimedia dasturlari, matn va sh.k.) to‘garak faoliyatida talabalarga yetkazildi.
2017 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining binosida O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining plenumida "Ekologiya” to‘garagi a’zolari 
(1-15 Au guruhi talabalari: J.Soliev, I.Inomjonov, G‘.G‘aybullaev, B.Murodov, O.Zufarov, I.Nuritdinov, A.Abduhakimov, A.Erkinov; 6-15 Du guruhi talabalari: R.Elmurodov, D.Ahmadjonov; 5-15 Du guruhi talabasi: H.Komilov; 34-16 KTSo‘ guruhi talabalari: D.Qodirova, A.Nazarova) bilan birgalikda ishtirok etildi (foto suratlar ilova etiladi).
2017 yil 28 dekabr kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid matbuotda va internet saytlarida yoritilgan yangi ma’lumotlar mashg‘ulot mobaynida to‘garak a’zolari bilan mazmuman o‘rganib chiqildi hamda o‘zaro fikrlar almashinildi.
O‘zbekiston ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 9 yanvardagi 02/01-sonli xatiga asosan O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ekoharakat Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy bo‘linmalarining Kengashi yig‘ilishida 2018 yil 15 yanvarda Kengash a’zosi sifatida ishtirok etildi (foto suratlar ilova etiladi).

 

2018 yil 20 yanvarda O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 18 yanvardagi 07/01-sonli xatiga asosan Mirobod tumani "TShTT” Toshkent shahar Telefon tarmoqlari filiali binosida O‘zbekiston ekologik harakati, Oliy Majlis qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining "Yil sarhisobi: 2017 yildagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi rejalari”ga bag‘ishlangan respublikamizdagi barcha hududlarini qamrab olgan video konferensiya shaklidagi matbuot anjumanida "Ekologiya” to‘garagi a’zolari (48-14 QMB guruhi talabalari: M.Abdiev, I.Abdug‘aniev, B.Boltaboev, U.Yuldashev, R.Rayimov, Sh.Raxmatov, S.To‘raxonov, I.Rajabova, M.Rajabova, N.Sayidjonova, G.Karimova, A.Xoliyorov, M.Hazratov; 48b-14 QMB guruhi talabalari: F.Qurbonboev, A.Zoirov, Q.Bahodirov, S.Mamatov, F.Abdug‘aniev, F.Hamidullaev, A.Ikromov, E.Qarshiev, O‘.Omonov, A.Abduraximov, I.Karimjonov) bilan birgalikda ishtirok etildi (foto suratlar ilova etiladi).
2018 yil 26 yanvar kuni "Qurilish ekologiyasining asosiy yo‘nalishlari” mavzusi bo‘yicha to‘garak a’zolariga ma’ruza qilindi va davra suhbati o‘tkazildi.
2018 yil 6 fevral kuni O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 17 yanvardagi 06/01-sonli xatiga asosan O‘zbekiston ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda "Yurtim tabiatini asraymiz” O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyati mavzusida Toshkent arxitektura qurilish institutining majlislar zalida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatidaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a’zolari, Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi xodimlari, "Yoshlar qanoti” faollari, Toshkent arxitektura qurilish instituti o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlari hamda ushbu sohadagi davlat dasturlari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, davlat idoralari, o‘rmon xo‘jaliklari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, barcha korxona va muassasalarning atrof muhit muhofazasi, suv havzalari, yer va biologik resurslar holatini yaxshilash hamda ularni chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish, aholi salomatligini muhofaza etish sohasidagi amaldagi qonunlar va boshqa qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarini qo‘llab-quvvatlash va keng jamoatchilik ko‘magini shakllantirishdan iboratdir.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini himoyalash sohasida, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari va davlat organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilikni yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Xususan atrof muhit muhofazasi bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni ekologik nazoratni amalga oshirish, atrof-muhit va aholi salomatligi monitoringi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari o‘rni va rolini aniq belgilab beradi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi birinchi o‘qishda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining "O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni to‘g‘risida ishtirokchilarga axborot berildi. Qayd etilishicha Qonunning maqsadi o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, mahsuldorligini oshirish hamda undan oqilona va tejamli foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ishtirokchilarga O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi, mamlakatimiz aholisining ma’nan boy va sog‘lom hayotini ta’minlash, faqatgina ekotizimlarni saqlash, atrof muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, mavjud ekologik muammolarni hal etishga jamoatchilikni keng jalb qilish orqaligina erishish mumkinligi alohida qayd etildi.
Davra suhbatida ekologik nazorat sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi, atrof muhit sohasidagi qonunlar talablarining bajarilishi va ushbu yo‘nalishdagi davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xalq deputatlari shahar kengashlarining o‘zaro hamkorligi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 
Shuningdek, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof muhitni muhofaza qilish ishlarida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish, Ekoharakat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda NNTning tajribalari kabi masalalar ham muhokama qilindi (foto suratlar ilova etiladi).
2018 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 13 yanvardagi 22/02-sonli xatiga asosan O‘zbekiston ekologik harakati binosining majlislar zalida Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi Yoshlar qanotining 2018 yil rejasida belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda "Ekologiya” to‘garagi a’zolari 5-15 Du guruhi talabalari Farrux Umarov, Jamshid Qodirov, Davron Sobirov, Xusanxo‘ja Kamolov, Davron Axmadjonov, Sunnat Saydaliev, Solih Nig‘matov, Sherzod Samadov ishtirok etdi (foto suratlar ilova etiladi).
2018 yil 23 fevral kuni "Bino va inshootlarni arxitekturaviy loyihalash yechimida ekologik talablar” mavzusi bo‘yicha to‘garak a’zolariga ma’ruza qilindi va davra suhbati o‘tkazildi.

 

2018 yil 17 mart kuni O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 16 martdagi 34/03-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Ekologik Hakarati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi va "Yoshlar qanoti” hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari bilan Yunusobod tumani imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-sonli yordamchi maktabida "Har bir yoshga – bir nihol” shiori ostida ekologik aksiya doirasidagi hasharda "Ekologiya” to‘garagi rahbari Z.Sattorov, a’zolari 5-15 Du guruhi talabalari Farrux Umarov, Jamshid Qodirov, Davron Sobirov, Xusanxo‘ja Kamolov, Davron Axmadjonov, Sunnat Saydaliyev, Sherzod Samadov ishtirok etdi (foto suratlar ilova etiladi).
2018 yil 30 mart kuni "Ekologik model va arxitektura” mavzusi bo‘yicha to‘garak a’zolariga ma’ruza qilindi va davra suhbati o‘tkazildi.
2018 yil 13 aprel kuni O‘zbekiston Ekologik Hakarati, Oliy Majlis qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Ekoharakat deputatlari guruhi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyati mavzusida Toshkent kimyo texnologiyalari institutining majlislar zalida davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilishda "Ekologiya” to‘garagi a’zolari 5-15 Du guruhi talabalari Farrux Umarov, Jamshid Qodirov, Davron Sobirov, Xusanxo‘ja Kamolov, Davron Axmadjonov, Sunnat Saydaliev, Solih Nig‘matov, Sherzod Samadov ishtirok etdi.
2018 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasining 2018 yil 24 apreldagi 54/04-sonli xatiga asosan Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji binosining majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik Hakarati, Oliy Majlis qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan korxonalardagi ekoharakat vakillarining ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi nazariy bilim va tajribalarini oshirish, amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan xabardorliklarini oshirishni tashkil etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilishda "Ekologiya” to‘garagi rahbari Z.Sattorov, a’zolar 
5-15 Du guruhi talabalari Farrux Umarov, Xusanxo‘ja Kamolov ishtirok etdi.
2018 yil 27 aprel kuni O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining seminarlari va anjumanlarida olingan ma’lumotlari to‘garak a’zolariga, kafedra, fakultet va institut doirasiga yetkazildi.
2018 yil 25 may kuni fakultet doirasida "Tabiatni muhofaza qilish” mavzusida to‘garak a’zolariga ma’ruza qilindi va davra suhbati o‘tkazildi.
2018 yil 15 iyun kuni "Poydevor qurilishida ekologik xavfsiz texnologiyalar” to‘g‘risida to‘garak a’zolariga ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quv yili mobaynida matbuotda va Internetda ekologiyaga oid yoritilgan yangi ma’lumotlar, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga o‘rgatish, suv, gaz va elektr energiyani tejab-tergab ishlatish va buning barqaror taraqqiyot uchun ahamiyati to‘g‘risida to‘garak mashg‘uloti mobaynida to‘garak a’zolari bilan mazmuman o‘rganib borildi.
"Ekologiya” to‘garagi faoliyati doirasida xalqaro, respublika va oliy o‘quv yurti doirasida o‘tkazilgan anjumanlar, konferensiyalar hamda mahalliy matbuotda quyidagi ilmiy maqolar chop etildi.
1.Sattorov Z.M. Qurilish ekologiyasining rivojlanishi. // Ta’lim, fan va innovatsiya. Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal.// №3/2017, Toshkent, 2017 y. – 92–96 b.
2.Sattorov Z.M., Murodov B.Z. Osnovnыe napravlenie usileniya ekologicheskoy bezopasnosti v nastoyaщee vremya. // O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining A-2-47 raqamli davlat amaliy ilmiy granti doirasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston mintaqalarida qurilish industriyasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. // Toshkent, TAQI, 17 noyabr 2017 y. – 153–155 b.
3.Sattorov Z.M. Poydevor qurilishida gruntlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy mustahkamlashning ekologik jihatlari. // "O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali // №06·2017, Toshkent,2017 y.–59–62 b.
4.Sattorov Z.M., Usarov B.R. Vtorichnoe ispolzovanie betona. // Ekologiya va O‘zbekiston shaharlari arxitekturaviy muhitining landshaft dizayni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. // Toshkent, TAQI, 27 dekabr 2017 y. – 145–149 b. 
5.Sattorov Z.M., Askarov M.S. Umenshenie vozdeystviya protsessa stroitelstva na okrujayuщuyu sredu. // Ekologiya va O‘zbekiston shaharlari arxitekturaviy muhitining landshaft dizayni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. // Toshkent, TAQI, 27 dekabr 2017 y. – 150–153 b.
6.Sattorov Z.M., Askarov M.S. Ekologicheskie aspektы ximicheskogo i fiziko-ximicheskogo zakrepleniya gruntov v fundamentostroenie. // Novыe kompozitsionnыe i nanokompozitsionnыe materialы: struktura, svoystva i primenenie. Materialы respublikanskoy nauchno-texnicheskoy konferensii. // Tashkent, GUP "Fan va taraqqiyot”, 5-6 aprelya 2018 g. – 56–58 s.
7.Sattorov Z.M., Usarov B.R. Ekologicheski bezopasnыe metodы kompozitnыx elementov zakrepleniya gruntov v stroitelstve. // Novыe kompozitsionnыe i nanokompozitsionnыe materialы: struktura, svoystva i primenenie. Materialы respublikanskoy nauchno-texnicheskoy konferensii. // Tashkent, GUP "Fan va taraqqiyot”, 5-6 aprelya 2018 g. – 58–60 s.
8.Sattorov Z.M. Problema Aralskogo morya. // Aktualnыe problemы stroitelstva, JKX i texnosfernoy bezopasnosti: materialы V Vserossiyskoy nauchno-texnicheskoy konferensii molodыx issledovateley (s mejdunarodnыm uchastiem), Volgograd, 23-28 aprelya 2018 g. / pod obщey redaksiey N.Yu.Yermilovoy; M-vo obrazovaniya i nauki Ros. Federatsii, Volgogr. gos. texn. un-t. – Volgograd : VolgGTU, 2018 g. – 216–218 s.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi