| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Toshkent arxitektura-qurilish institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida ma’lumot
4-07-2018, 08:25
Davlat byudjeti asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bajarilmoqda. Ular 10 ta ilmiy tadqiqot loyihalaridan iborat bo‘lib, 3 ta fundamental, 7 ta amaliy loyihalarni o‘z ichiga oladi. 
Davlat byudjeti asosida ilmiy ishlarning 2018 yilgi umumiy hajmi (137,488 + 671,236)  808,724 mln. so‘mni tashkil etadi.

Ilmiy tadqiqot loyihalarning yillar kesimidagi o‘zgarish dinamikasi

 

Mavzularning fakultetlar kesimidagi tarkibi quyidagicha: «Qurilishni boshqarish» fakultetida 1 ta amaliy; «Bino va inshootlar qurilishi» fakultetida 1 ta fundamental va 3 ta amaliy; «Muhandislik qurilishi infrastrukturasi» fakultetida 2 ta fundamental, 3 ta amaliy loyiha bo‘yicha ilmiy ishlar bajarilmoqda.

 

Davlat grantlarida ishtirok etayotganlar:

Fan doktorlari, professorlar – 9 ta
Fan nomzodlari, dotsentlar – 20 ta
Katta o‘qituvchilar, assistentlar – 20 ta
Doktorantlar – 3 ta
Magistratura talabalari – 8 ta
Bakalavr talabalari –8 ta 
 
Fundamental tadqiqotlar
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 03.01.2017 – 31.12.2020 muddatga mo‘ljallangan 3 ta fundamental loyihalari bo‘yicha 2018 yil uchun moliyalashtirish hajmi 137 488,0 ming so‘mni tashkil etadi. 
 
Fundamental loyihalarning yillar kesimidagi o‘zgarish dinamikasi

 

 

Amaliy tadqiqotlar
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fan va texnologiyalar agentligining 04.01.2017 - 31.12.2018 hamda  03.01.2018 – 31.12.2020 muddatga mo‘ljallangan 7 ta amaliy tadqiqotlar bo‘yicha ishlar bajarilmoqda, ushbu tadqiqotlarning 2018 yil uchun moliyalashtirish hajmi 671 236,0 ming so‘mni tashkil etadi.

Amaliy loyihalarning yillar kesimidagi o‘zgarish dinamikasi

 



 



 




Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi