| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Toshkent arxitektura-qurilish institutida qayta ishlab chiqilgan Malaka talablari va o‘quv rejalarini turdosh Oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv yuzasidan tadbir o'tkazildi
13-06-2018, 15:46
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018-yil 4-apreldagi 5002-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018- yil 6-iyundagi 87-02-1322-sonli xati ijrosi ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish institutida qayta ishlab chiqilgan Malaka talablari va o‘quv rejalarini turdosh Oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.
Tadbirda R.Hakimov - Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori, A.Mirisayev - mazkur institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, B.Ergashev-NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, S.Maxkamov-TAQI o‘quv bo‘limi boshlig‘i, M.Xadjibekov-SamDAQI o‘quv bo‘limi boshlig‘i, A.Ko‘chimov-JizPI o‘quv bo‘limi boshlig‘i, T.Jo‘rayev-NamMQI-o‘quv bo‘limi boshlig‘i, R.Xodjayev - TAQI magistratura bo‘limi boshlig‘i, I.Aliyev-TAQI Bino va inshootlar fakulteti dekani, Sh.Reyimboyev-TAQI Arxitektura fakulteti dekani, S.Narbayev-TAQI Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti dekani, I.Bozorov, N.Toshmatov, M.Aliyev-JizPI kafedra mudirlari, R.Achildiyev, S.Boboyev, Q.Yakubov, A.Mirzayev, A.Uralov-SamDAQI kafedra mudirlari, M.Xonkeldiyev, A.Mirzayev, M.Uzboyev- SamDAQI professor-o‘qituvchilari, J.Axmedov, M.Tolipov, M.Davlyatov, X.Mamatov – FarPI kafedra mudirlari, S.Abdurahmonov, S.Xolmirzayev, Sh.Jo‘rayev-NamMQI kafedra mudirlari, Sh.Mirzayev-BuxMTI kafedra mudiri, E.Akimov-UrDU kafedra mudiri, B.Qidirbayev, G.Utegenova-QQDU kafedra mudirlari, Z.Amatov, B.Qalandarov-TerDU kafedra mudirlari, TAQIning barcha mutaxassisli kafedrasi mudirlari, Q.Rahimov-Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi qatnashdilar.
Kun tartibida Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ijodiy ishchi guruhlari tomonidan tayyorlangan "Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori” asosida ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlangan malaka talablari va o‘quv rejalarining muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokama natijasida Toshkent arxitektura qurilish institutida Ishchi guruhlar tomonidan tayyorlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar Malaka talablari va o‘quv rejalari ishlab chiqilishida: "Ta’lim to‘g‘risida”, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018-yil 4-apreldagi 5002-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 6-iyundagi 87-02-1322-sonli xatida belgilangan vazifalar va oliy ta’lim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro tajribalarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan Malaka talablari va o‘quv rejalarida turdosh OTMlarining taklif va e’tirozlari inobatga olib, Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqilgan Malaka talablari va o‘quv rejalar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi uchun Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga topshirilishiga qaror qilindi.

 

 

 

 

 

O'quv-uslubiy bo'lim


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi