| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Murabbiylar kengashi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raislarining “Huquqbuzarlik va uni oldini olish” mavzusi bo‘yicha 2018 yil 5 iyun 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan o‘tkazilgan davra suhbati
6-06-2018, 16:56
2018 yilning 5 iyun kuni Murabbiylar kengashi raisi F.Islamova va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Qosimovalar 1-sonli Talabalar turar joyida "Huquqbuzarlik va uni oldini olish” mavzusi bo‘yicha davra suhbatini o‘tkazdi.
Ushbu tashrifdan asosiy maqsad talabaning turli xil huquqbuzarliklar ta’siriga tushib qolmasligini nazorat qilish va tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan. 
Huquqbuzarliklar o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Asosiy masala huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iboratdir. 
Davra suhbatida F.Islamova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 14 mart PQ-2833-son "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori haqida gapirdi. 
Yurtimizda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi; Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi; Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yagona muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilangani aytildi. Haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun ularning ayanchli oqibatini, har qanday g‘ayriqonuniy qilmish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Davra suhbatida F.Qosimova ta’kidlanishicha, yoshlarning qarovsiz, nazoratsiz qolmasligi, talabalar davomadini o‘rganib borish,  sababsiz dars mashg‘ulotlariga kelmaslik yoki muntazam ravishda qatnashmaslik holatlari qat’iy nazoratga olinganligi va bu borada murabbiylar ota-onalarga xat jo‘natib, ular mas’uliyatini oshirishga alohida e’tiborini  qaratilayotgani haqida gapirildi. 
 Suhbatdan so‘ng talabaning yashash tarzi bilan tanishib chiqildi. Ularga turar joyda tartib intizom va tozalikka to‘liq rioya qilishi, oshxona va dushxonalarni ehtiyotkorlik bilan foydalanishni ta’kidlandi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi