| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Spartakiada” sport turlari bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi
5-06-2018, 13:36
Toshkent  arxitektura-qurilish institutining talaba yoshlari  o‘rtasida 2018-yilning may oyida "Spartakiada” sport turlari bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi. Tashkil etilgan musobaqada institutning 4 ta fakul’tet talaba yoshlari faol ishtirok etdilar.
Musobaqada "Arxitektura" fakulteti talabalari turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, Abdunabiyev Orifjon Obidjon o'g‘li 2 ta tur, uzunlikka sakrash va yugurish bo‘yicha 2-o‘rinni, Ismailov Islom Axmad o'g'li yugurish bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni, Mashuryan Aram Gavrushovich yugurish bo‘yicha 3-o‘rinni, Akbarov Amirzod Alisher o‘g‘li tosh ko‘tarish bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib institut rektori tomonidan oltin, kumush, bronza medallari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi