| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



33-17 KIo‘ guruhining “1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi
4-06-2018, 11:30
 
Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida 67 yildan buyon nishonlanadi.  Dam olish kuni bo‘lmasa ham bu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari va shaharlarida bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida munozara va maruzalar o‘tkazish bilan nishonlanadi. Shuningdek, bolalar kunida turli-tuman quvnoq va madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, konsertlar o‘tkaziladi.
Shu kuni ota-ona va yaqinlarining qarovisiz qolgan, og‘ir bemor, davolanishga muhtoj va nogiron bolalar uchun hayriya aksiyalari va tadbirlar tashkil qilinadi.
Ushbu kun munosabati bilan 3-may kuni "Qurilishni boshqarish” fakulteti, 33-17 KIo‘ guruhi talabalari Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tarbiyalanuvchilarini tabriklash uchun tashrif buyurishdi.
Talabalar o‘zlari bilan olib borgan sovg‘alarini ulashdilar. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlar o‘tkazishdi.
Bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammoli masalalariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.
Talabalar ushbu hayrli tadbirga o‘z hissalarini qo‘shganlaridan mamnun bo‘ldilar.


 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi