| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



33-17 KIo‘ guruhining “InterCOM-2018” internet, kommunikatsiya hamda axborotlar Birinchi milliy ko‘rgazmasiga tashrifi
28-05-2018, 13:32
2018 yilning 23-25 may kunlari "O‘zko‘rgazmasavdo” binosining ko‘rgazmalar zalida "Internet, kommunikatsiya, axborot – InterCOM-2018” nomli Birinchi milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu ko‘rgazmada Qurilishni boshqarish fakulteti 33-17 KIo‘ guruhi talabalari "Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi dotsent U.A.Shodmonova hamda guruh murabbiyi D.Inoyatovalar bilan birgalikda tashrif buyurishdi.
Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi. 
Tadbirning masqadi Davlat boshqaruvi tizimida boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligini oshirish, axborot almashishning samarali tizimlarini shakllantirish maqsadida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ko‘rgazma juda qiziqarli tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtdagi barcha yangi texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Talabalar ushbu tashrifdan juda mamnun bo‘ldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi