| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talabalar turar-joyida “Ramazon oyi va uning fazilatlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati
4-06-2018, 12:00
Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakultetining "Geodeziya va kadastr” kafedrasi hamda "Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash qurish va ishlatish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida institutning 1-sonli Talabalar turar-joyida yashovchi talabalar bilan birgalikda "Ramazon oyi va uning fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi, jumladan "Geodeziya va kadastr” kafedrasi katta o‘qituvchilari B.M.Saidov, O.S.Avezboyevlar va "Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash qurish va ishlatish” kafedrasi dotsenti Yu.K.Rashidov, katta o‘qituvchi G.Begmamadova assistent F.X.Nishonovlar ishtirok etishdi.
Tadbirga Mirzo Ulug‘bek tumani Tepa masjid imom xatibini taklif etilib, u kishining Ramazon oyi va uning o‘ziga xos fazilatlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi tinglandi. Imom xatib talabalarga Ramazon oyi fazilatlari, ro‘za tutishning qoidalari va savoblari bo‘yicha ma’ruza qildi.
Imom xatib o‘zining ma’ruzasi so‘ngida Ramazon oyining bunday fazilatlari cheksiz ekanligini, ushbu oyda har bir inson barcha farz etilgan amallarni to‘laligicha ado etsa savoblari yetti barobar yuksak bo'lishini ta’kidlab o‘tdi. 
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va muqaddas dinimizdagi murosali iboralar mazmunini tushintirib berilishi bo‘yicha murojaatlar qildilar. 



Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi