| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talaba-yoshlar o‘rtasida “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir
2-06-2018, 17:45
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilindi. 
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 
Jumladan, 2018-yil 2-iyun kuni  Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Bino va inshootlar qurilishi" fakulteti katta majlislar zalida Toshkent shahar Bektemir tumani "Ho‘ton” jome’ masjidi noib-imomi Sultonov Po‘latjon Turdialiyevich bilan "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tkazildi. Tadbirni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori D.Eshmuradov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, tadbirning maqsadi va ramazon oyining mohiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, institutga taklif etilgan mehmon bilan tanishtirib, so‘z navbatini Toshkent shahar Bektemir tumani "Ho‘ton” jome’ masjidi noib-imomi Sultonov Po‘latjon Turdialiyevichga berdi. 

 

P.Sultonov so‘zining boshida butun musulmon dunyosida muqaddas Ramazon oyi keng nishonlanayotganligi va zalga yig‘ilgan barcha talabalarni tabriklab, xonadonlariga tinchlik xotirjamlik tiladi. Bugungi kunda ona Vatanimiz, O‘zbekistonimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotganini, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni xalqimiz avvalambor yaratganimizning marhamati sifatida shukronalik va rozilik tuyg‘usi bilan qabul qilmoqda. Shu borada ezgulik, sahovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan  holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash, ertamizning hal qiluvchi kuchlari bo‘lgan siz yoshlarni  qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, shubhasiz, ularni yangidan yangi ufqlar sari undaydi. Zamonaviy bilimlarni mukammal o‘zlashtirgan, shijoatli yoshlar sonining ortishi esa, albatta, kelgusida yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi. Siz yoshlarda  Vatan taqdiriga dahldorlik hissini shakllantirishga qaratilganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 
Tadbirda 10 nafar professor-o‘qituvchilar, 250 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi, yoshlarning faol ishtiroki bu kabi uchrashuvlar sonini yanada ko‘paytirish kerakligini ko‘rsatdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi