| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Mini futbol musobaqasi o'tkazildi
30-05-2018, 17:43
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5368 farmon hamda 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 22 may kunidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda mini-futboldan "Olimpiya yulduzlari” shiori ostida Toshkent arxitektura qurilish instituti TAQI talabalari "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi 28 may kuni gurux saralash bosqichida 1- uchrashuvida "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi va O‘zbek va adabiyot universiteti mini-futbol terma jamoasini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 1-uchrashuvdan so‘ng g‘alaba bilan "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi gurux saralash bosqichidan chiqdi.
Pleyoff 1/8 bosqichida "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi bilan Yengil sanoat va to‘qimachilik instituti mini-futbol terma jamoasi 4-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib  1/4 chorak finalga yo‘l oldi. 1/4 chorak finalda "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya instituti "Skif” mini-futbol terma jamoasi bilan to‘qnashib, 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda  "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi, Toshkent Davlat Agrar universiteti mini-futbol terma jamoasi bilan bellashib, 3-2 hisobida g‘alaba qozonib, ishtirokchisiga aylandi. 
31 may kuni Mirobod tumanidagi "Bolalar va o‘smirlar” maktabi maydonida  "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi va Toshkent Irragatsiya va Milleyaratsiya instituti mini-futbol terma jamoasi bilan final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu final bosqichi juda qizg‘in va shiddatli, hujumkor o‘yin bo‘ldi. 1-bo‘lim durang ya’ni 0-0 hisobida yakunlandi.

 

Tanaffusdan so‘ng ikkala futbol jamoa murabbiylari  futbol jamoalarida 1-bo‘limdagi bo‘lib o‘tilgan kamchiliklarini  tushuntirib va bu yana takrorlanmasligi uchun ularga texnik-taktik ko‘rsatmalarni  berib o‘tishdi. 2-bo‘lim xujumkor tarzda boshlanib, ikkala jamoa  birin-ketin hujumlar uyushtirishdi. Shu uyushtirilgan hujumlar mobaynida   "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi o‘yin tugashidan 5 daqiqa oldin omadi chopib, Toshkent Irragatsiya va Milleyaratsiya instituti mini-futbol terma jamoasi darvozasiga gol kiritdi. Toshkent arxitektura qurilish instituti "Quruvchi” mini-futbol terma jamoasi kichik 1-0 hisobida g‘alaba qozondi. Toshkent shaharidagi 31 nafar Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Olimpiya yulduzlari” musobaqalarida 1o‘rinni egalladi, chempion bo‘ldi va musobaqa kubogi diplom va medallar bilan taqdirlandilar.  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi