| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talabalarning Oybek uy-muzeyiga ekskursiyasi
31-05-2018, 10:43
2018 yilning 29 may kuni "Muxandislik qurilish infrastrukturasi” fakulteti 46-17 va 46b-17 guruxlari talabalari, gurux murabbiylari N.Najmiddinova va A.Abbasovalar bilan birgalikda o‘zbek xalqining yetuk namoyondalaridan biri bo‘lgan "Oybek” uy muzeyiga tashrif buyurishdi. 
Oybek uy-muzeyi adib tug‘ilgan kunning 75 yilligi munosabati bilan 1980 yilda barpo etilgan. Muzey ikki qismdan iborat bo‘lib, 1940-1941 yillarda qurilgan 5 xonali binodan adibning hayot va ijod yo‘lini aks ettiruvchi ekspozitsiya o‘rin olgan.Gurux talabalari  katta darvozadan o‘tib,  
ichkariga kirganlaridan so‘ng, so‘l tomondagi bir zamonlar terrasa (ayvon) bo‘lib xizmat qilgan xonada Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan tanisha boshladik. 5 xonadan iborat bu qismga kiraverishda, o‘ng tomonda mo‘jazgina bir xona bor ekan. Unda adibning rafiqasi, birinchi o‘zbek rassom qizi va birinchi o‘zbek kimyogar olimasi Zarifa Saidnosirova va uning otasi – mashhur ma’rifatparvar va tadbirkor Saidnosir Mirjalilovga oid eksponatlar: rasmlar, hujjatlar, buyumlar, kartinalar namoyish etilgan.  
Talabalar  "Oybek abadiyati” deb atalgan zalga kirganlarida bu yerdagi adibning o‘zbek va rus tillaridagi ko‘p jildlik nashrlari, shuningdek, ayrim asarlarining so‘nggi yillarda xorijda nashr qilingan nusxalari namoyish qilingan. Bundan tashqari, adibning tasviri tushirilgan, go‘zal misralari bitilgan sopol va chinni idishlar, misdan ishlangan buyumlar, Oybekka bag‘ishlangan badiiy, ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar...
Talabalar muzeyga tashriflarini yakunlab, bir olam taassurotlar bilan muzeyni tark etishdi.

 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi