| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talabalarning Adiblar xiyoboniga sayohati
1-06-2018, 11:30
2018 yil 30 may kuni 43a-17 GKK guruhi talabalari poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Mazkur xiyobon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18-aprelda "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan bo‘lib, ushbu qaror ijrosi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 
Mustaqillik yillarida yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalarini badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Adiblar xiyoboni maskanini yanada obod qilish,odamlarning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam jalb etish ishlari olib borilmoqda. Xiyobon hududida ulug‘ adiblarimiz Abdulla Qahhor, Oybek, Said Ahmad va Saida Zunnunova, Ozod Sharofiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Zulfiya haykallari va yodgorlik majmualari barpo etilmoqda.
Adiblar xiyoboni faoliyati talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda qiziqarli taassurotlarga boy bo‘ldi.

 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi