| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talabalarning Respublika kitobxonlik bayrami munosabati bilan uyushtirilgan kitoblar ko‘rgazmasiga ekskursiya
28-05-2018, 17:00
Kitoblarni sevib mutoala qilish, ularni asrab avaylash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. Shu munosabat bilan 2018 yil 25 may kuni Muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti gurux murabbiysi Sh.T.Raximov rahbarligida 48b-16 QMB va 48-16 QMB  guruxlari talabalari Respublika kitobxonlik bayrami munosabati bilan uyushtirilgan kitoblar ko‘rgazmasiga ekskursiya uyushtirishdi. Talabalar mazkur Respublika kitobxonlik bayrami munosabati bilan  uyushtirilgan ko‘rgazmada ishtirok etish bilan birga hozirgi kundagi badiiy, ilmiy ommabop janrdagi kitoblar va ularning mualliflari bilan yaqindan tanishdilar hamda bu yerda arzon narxlarda sotilayotgan badiiy va ommabop kitoblardan xarid qildilar. Bunday ko‘rgazmas tadbirlari talabalarda kitoblarga va ularning mutoalasiga bo‘lgan qiziqishini orttirishi bilan birga dunyoqarashining o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi.

 

 

 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi