| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Talabalarning “Xalqlar do‘stligi” maydoniga ekskursiyasi
28-05-2018, 17:55
 
"Xalqlar do‘stligi” nomi san’at saroyi va metro bekatiga qaytarildi.  Prezident tashabbusi bilan san’at saroyi metro bekati va Shomaxmudovlar oilasi yodgorligi qaytarilayotgan maydon qaytadan "Xalqlar do‘stligi” deb ataldi. Shu munosabat bilan 2018-yil 28-may kuni 43-17 GKK guruh talabalari murabbiyi H.D.Jo‘rayeva boshchiligida "Xalqlar do‘stligi” maydoniga ekskursiya uyushtirildi.
Hozirda istiqlol san’at saroyi deb nomlanayotgan sobiq "Xalqlar do‘stligi” saroyi avvalgi nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan video selektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifni ilgari surdi. Xalqaro press-klub ma’lumotiga ko‘ra Shomaxmudovlar oilasi yodgorligi bilan birga "Xalqlar do‘stligi” maydoniga 6x9 metr hajmli O‘zbekiston bayrog‘i ilinadigan 50 metrlik flagshtok ham o‘rnatiladi. Maydon hududi ko‘kalamzorlashtirilib, aholi dam olishi uchun sharoitlar yaratilgan. Ushbu manzarani talabalar o‘z ko‘zlari bilan tomosha qildilar.
 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi