| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



46a-15 guruhi talabalarining G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga ekskursiyasi uyushtirildi
24-05-2018, 17:53
46a-15 guruh talabalari guruh murabbiysi E.Tursunova boshchiligida 22-may kuni G‘afur G‘ulom uy-muzeyiga ekskursiyasi uyushtirildi. G‘afur G‘ulom uy-muzeyi 1944-1966 yillarda shoir o‘zi yashab, ijod qilgan 2 qavatli uyda joylashgan. U adabiy ekspozitsiya va memorial majmuani o‘z ichiga olgan. Maxsus stendlarda ijodkorning tarjimalari va akademik sohadagi faoliyati namunalari namoyish etilgan. Muzeyning uchinchi zalidan xalqning G‘ofur G‘ulomga bo‘lgan muhabbati, hurmatini namoyon etadigan eksponatlar o‘rin egallagan. G‘ofur G‘ulom sharafiga, metro bekati, katta adabiy nashriyot, Qo‘qondagi o‘lkashunoslik muzeyi ham nomlangan. Shuningdek bu yerda shoirning 90 va 95-yillik yubileylarining nishonlanganiga oid xujjatlar ham mavjud. Sayohat davomida talabalar bahs-munozaralarga kirishishdi. Bu orqali esa ular bir-biridan bilmagan narsalarini o‘rganib oldi.

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi