| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



40a-16 ShQX guruxi talabalarining "Botanika" bog'iga tashrifi
26-05-2018, 09:00
Talabalar bilan ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish,ularda ekologik madaniyatni shakllantirish, hamda "Atrof-muxit muhofazasi va shahar iqlimshunosligi ” fani bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni  yanada mustahkamlash maqsadida 26.05.2018 yil kuni darsdan so‘ng  Toshkent shahri "Botanika bog‘i” ga  ShQX kafedrasi dotsenti N.Z.Tolipova rahbarligida 40a-16 ShQX guruxi talabalari bilan ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarga atrof muhitni muhofaza qilish muammosi , ekologik muvozanatni  qanday saqlab turish, ko‘kalamzorlarning atmosferani saqlashdagi o‘rni, daraxtlarning turlari, ularning foydali jixatlari, mamlaktimizning turli regionlaridpn keltirilgan daraxt va gullar  haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ana shu bog‘da yaqinda tashkil etilgan "9-may –Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlangan harbiy texnika va Ulug‘ Vatan urushi yillarini xotirlash maqsadida tashkil etilgan katta xarbiy maydon talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Ana shu yerda xizmat qilayotgan xarbiylar talabalarga urush yillarida qanday okoplarda jang qilingani, qanday sharoitlarda soldatlar yashab o‘z Vatanlari himoyasi uchun kurashganlari, urush yillarida tibbiy xizmat ko‘rsatish, hamda harbiy texnika vositalari qanday bo‘lganligi to‘g‘risida gapirib berdilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi