| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Respublika Kitob bayrami”ga sayohat tashkil etildi
26-05-2018, 09:17
Arxitektura fakul’tetining  4-17 QHALTE guruhi talabalari,  guruh murabbiyi boshchiligida "Ma’naviyat kuni”ni mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning  24 may kuni shahrimizning sayilgoh maydoniga sayohat tashkil etdilar. Guruhi talabalarining ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiyaviy ishlarini yaxshilash maqsadida  2017-2018 yilgi Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturida belgilab berilgan "Kitobxonlik – millat ko‘zgusi” mavzusi asosida Yoshlarni kitobni sevishga, kitobxon mamlakat darajasiga chiqishimiz yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratilgan harakatlar bo‘yicha guruh murabbiyi talabalarni shahrimiz markazi bo‘lgan saylgoh maydonida tashkil etilgan butun "Respublika Kitob bayrami”ga sayohat tashkil etdi. Talabalar, tashkil etilgan ushbu tadbirda noyob kitoblar ko‘rgazmalarini ko‘rib chiqdilar va kitobga bo‘lgan mehri yanada oshdi. 
Talabalar sayohat chog‘ida  kitobga bag‘ishlangan kichik kitobxonlik mahoratlaridan bahramand bo‘ldilar. Ayniqsa vedio lavhalar har bir talabaning kitobni sevishga undadi va ushbu tashkil etilgan sayohatdan  juda mamnun bo‘ldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi