| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Respublika “Kitob bayrami”ga tashrif
25-05-2018, 17:17
 
Mamlakatimizning turli hududlarida 25-may kuni respublika "Kitob bayrami” nishonlanmoqda. Toshkent shahrining markazi Brodvey saylgohida ham bayram bo‘lib o‘tmoqda. Bayramga 36-15 guruh talabalari murabbiylari bilan tashrif buyurdilar.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tadbir doirasida yosh rassomlarning kitob grafikasi va miniatyura janridagi asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob savdo-yarmarkasi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, "Kitob – millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilib, "Yilning eng yaxshi kitobi”, "Namunaviy kitob do‘koni” respublika ko‘rik-tanlovlari natijalari e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda bugungi kunda 100 dan ziyod nashriyot, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar huzurida 50 ga yaqin noshirlik bo‘limlari, 1700 dan ortiq matbaa korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2015-yili 5000 ga yaqin nomda 50 mln nusxada adabiyotlar chop etilgan.
 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi