| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga sayohat
24-05-2018, 10:05
33-17 KIo‘ guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga sayohat uyushtirdik.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil 1-maydagi "Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2002 yilning 31 avgustida ochilgan. Mana o‘n olti yildirki, xalqimizning o‘tmishi va bugunini o‘zida aks ettirgan mazkur muzey tobora boyitilib, shahar ahli va mehmonlarining aziz qadamjolaridan biriga aylandi.
"Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylardan biridir., muzey ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun kerakli bo‘lgan ashyoviy baza yaratildi. Tegishli arxiv hujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar to‘plandi, respublikamizning barcha viloyatlaridagi o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan qatag‘on davriga oid eksponatlar, kerakli hujjatlar ishchi guruh a’zolari tomonidan muzeyga olib kelindi. Uning 2008 yilda yangilangan ekspozitsiyasida O‘rta Osiyo (Turkiston)ning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan tortib, bugungi kungacha bo‘lgan davr voqealari 10 ta bo‘lim orqali namoyish etilgan. Masalan, birinchi bo‘lim O‘zbekistonning mustamlaka davri tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakat mustaqilligi, erki va ozodligi uchun kurashlar davomida shahid ketgan xalqimizning minglab vatanparvar va fidoyi farzandlari xotirasi aks etgan. Istiqlol yo‘lida jonini qurbon qilgan ajdodlar haqidagi tarixiy haqiqatni aks ettirish, ular xotirasini abadiylashtirish muzey ekspozitsiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Muzeyni aylanish davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Ushbu sayohat talabalarda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi