| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



40-17 ShQX guruxi talabalari bilan 22.05.18y.kuni Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyiga ekskursiya
23-05-2018, 10:01
Qurilishni boshqarish  fakulteti 40-17 ShQX guruxi talabalari bilan 22.05.18y. kuni  "Muloqot” soati vaqtida Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyiga tashrif buyurdik. Istiqlolining besh yilligi arafasida  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  Islom Karimov raxnamoligida Toshkent shaxrida Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyi ochildi. Vazirlar maxkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 284 son qarori bilan Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyi tashkil etildi. Muzeyning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining o‘sha vaqtdagi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishgan.
Muzey faoliyatining eng asosiy maqsad va vazifasi- yurtimizda yosh avlodni xar tamonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashda muxim vositalardan biri bo‘lgan sportni yoshlarimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va bo‘lajak olimpiya zaxiralarini tayyorlashdir , ularda vatanga mexr tuyg‘ularini uyg‘otish sportchilarimizning jaxon maydonlarida erishayotgan yutuqlarini aks ettirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga vatanimizning ravnaqi, buyuk kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘ularini singdirishdan iborat bo‘lib O‘zbekiston sportchilarining mustaqillik yillarida erishayotgan yutuqlarini muzeyga tashrif buyurganlarga tanishtirishdir. Muzeyning ikkinchi qavatida esa olimpiya tarixi bilan bog‘liq eksponatlar joy olgan. Muzey eksponatlari kolleksiyasida dunyoning xech qaysi olimpiya muzeyida bo‘lmagan noyob ashyolar bor.
Muzeyga tashrif buyurgan xar bir kishi olimpiya o‘yinlarining shonli tarixida o‘z nomini sharaf bilan qoldirgan  mashxur sportchilarimiz bilan tanishish imkoniyatiga egadir.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi