| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



31-15 guruhining Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi
24-05-2018, 10:00
24 may 2018 yil kuni 31-15 guruh talabalari bilan guruh murabbiyi N.Buranova Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida talabalarga ushbu bino haqida quyidagilar aytib o‘tildi: Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyida fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini  haqqoniy aks ettirgan eksponatlar bilan to‘ldirilganligini ko‘rishdi. Shuningdek, muzeyda jahon fani madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini ko‘rsatib beradigan asl hujjatlar, qo‘lyozmalar, moddiy-ma’naviy yodgorliklar va topilmalar mavjud. Muzey binosi o‘zida Temuriylar davri va zamonaviy me’morchilik san’ati uslublarini mujassamlashtirgan. Bino Amir Temur davridagi saroylar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, uning o‘zi bir muzeydir. U doira shaklida bo‘lib, katta qubbali gumbazi, ko‘p ustunli ochiq ayvoni bor. Muzey binosi mustaqillik davrida bunyod etilgan eng noyob inshootlardan biri bo‘lib, zamonaviy ma’morchilik talablariga to‘la javob beradi. Tashrif talabalarda katta taassurotlar qoldirdi. Tashrif  qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi