| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



31–17 KMB guruhi talabalarning O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga qilingan ekskursiya
23-05-2018, 09:52
2018 yil 21 may Toshkent arxitektura qurilish institutining QBF 1kurs 31-17 KM guruh talabalari O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyiga bordilar. 
31-17 guruh talabalari muzey eksponatlarini ko‘rib ulardan katta taasurot oldilar. O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasi O‘zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini ashyoviy dalillar va tasviriy vositalar orqali namoyish etishga qaratilgandir. Ularda o‘zbek davlatchiligining shakllanishi tarixi, o‘zbek xalqining boy an’analari va madaniyati ifoda etilgan.
Ekspozitsiyadan alohida o‘rin olgan devor yozuvlari, haykaltaroshlik tasvirlari, buddaviylik mavzui bilan bog‘langan me’morchilik ishlari 31-17 KM guruh talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek ekspozitsiyadan o‘z ifodasini topgan o‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi buyuk madaniy merosi, ayniqsa, Temur va temuriylar davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyada Amir Temur sa’y- harakatlari natijasi o‘laroq, fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko‘plab eksponatlarni ko‘rdilar.
Bugungi kunda yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri hisoblangan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida o‘zbek xalqining tarixi xolisona yaratilganini guvohi bo‘ldik. 
31-17 KMB guruh talabalari ustozlari L.A.Nasirovaning O‘zbekiston tarixiga oid suhbatlari diqqat bilan tingladilar va olgan ma’lumotlari asosida ijobiy xulosa chiqardilar. 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi