| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



34-17 KTKIu guruh talabalarining 22-may kuni «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»ga tashrifi
23-05-2018, 11:31
2018-yilning 22-may kuni «Qurilishni boshqarish» fakulteti «Menejment» kafedrasi k.o‘q. D.A.Berdiyeva tomonidan 34-17 KTKIo‘ guruh talabalarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil! Dasturi doirasida Toshkent shahridagi ichki turizmni rivojlantirish maqsadida «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»ga tashrif uyushtirildi. Guruh talabalari va murabbiysi D.A.Berdiyeva tomonidan «Amir Temur muzeyi»ga ekskursiya chog‘ida, muzey to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar aytilib, yaqindan tanishtirildi:
Muzey 1996-yili Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur hiyoboniga tutash hududda barpo etilgan.
Binoning butun aylanasi bo‘ylab joylashgan ayvonni oq ustunlar ko‘tarib turibdi. Tashqi devoriga esa ezgulikka undovchi - Adolat, Itoat, Zarofat, Ma’rifat, Diyonat, Oqibat, Marhamat, Qadriyat, Sadoqat, Muvaffaqiyat, Matonat, Muruvvat, Shijoat va Mashvarat so‘zlari bitilgan.  
Muzeyning balandligi 31 m., diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan "Zumrad" deb nomlangan muazzam qandilining og‘irligi 2 tonnadan oshadi. Unga 500 ta yoritgich o‘rnatilgan. 
Muzey uch qavatdan  iborat. 

 

Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyati joylashgan. 
Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S. Qoraboyev, G‘. Kamolov, X. Nazirov, T. Boltaboyev tomonidan ishlangan "Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan.
Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang  osori atiqalar o‘rin olgan.
Bugungi kunda muzeyda dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda temuriylar tarixidan so‘zlovchi 3,5 mingdan ziyod eng noyob yodgorliklar saqlanmoqda. Qo‘lyozmalar, yozishmalar, kumush va mis tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, kitoblar, tangalar qolaversa, Samarqandda 1941-yilda topilgan Amir Temur qoshi, Bibixonim munchog‘i, shuningdek, Gavharshodbegim va Mironshohning uzuk-muhrlari shular jumlasidan. 
Bugungacha dunyoning eng yirik muzeylarida saqlanayotgan temuriylar davriga oid 20 dan ortiq noyob eksponatning nusxalari tayyorlangan. Shulardan biri Sankt-Peterburg shahridagi Ermitajda saqlanayotgan Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim va Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh mirzoning uzuk-muhrlaridan olingan nusxalardir.

 

Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan «Temuriylar davri madaniy yodgorliklari», «Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar» to‘plamlari nashr qilingan. Ayni paytda «Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi», «O‘rta Osiyoda kitobat san’ati» kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. "Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, "Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, "Xorijdagi merosimiz”, "Samarqand durdonalari”, "Chohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan "Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, "Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda "Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va horijda o‘rganilishi”, "O‘rta Osiyoda kitob san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, halqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga horijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Shu bilan birga, mamlakatingizda mustaqillik yillarida shunday muhtasham binolar qurilibdiki, ular nafaqat betakror qiyofasi, balki yurtingiz tarixi, ajdodlaringiz boy merosini o‘zida yorqin aks ettirishi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Go‘zal poytaxtingizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi 34-17 KTKIo‘ guruh talabalariga ana shunday unutilmas taassurot qoldirdi”.

 

 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi