| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



“Eng yosh arxitektor-2018”
23-05-2018, 10:49

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi hamda arxitektura va texnik arxitetkor yo‘nalishlari mavjud kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Eng yosh arxitektor-2018” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi...

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmonining 4.5 bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorning 2018-yil 12-martdagi 142-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning 19-may kuni "Arxitektura" fakulteti binosining ko‘rgazmalar zalida "Eng yosh arxitektor-2018” ko‘rik tanlovining yakuniy bo‘lib o‘tdi.

"Eng yosh arxitektor-2018” ko‘rik tanlovi:

- O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida arxitekturaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, zamonaviy va milliy arxitektura, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlarimizni arxitekturasini targ‘ib qilish;

- Arxitekturaga doir fanlar bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste'dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularga ijodiy qobiliyatlarining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash;

- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste'dodli o‘quvchilarni tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlar hamda mehnatini rag‘batlantirish;

- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida iqtidorli o‘quchilar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichida Toshkent shahri, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati, Farg‘ona viloyati, Andijon viloyati hamda Namangan viloyatlarida joylashgan arxitektura va texnik arxitektor yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan jami 14 ta (Toshkent arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi, Toshkent arxitektura-qurilish KHK, Toshkent qurilish va kommunal xo‘jaligi KHK, Jizzax shahar arxitektura va qurilish KHK, Guliston qurilish KHK, Chirchiq qurilish va kommunal xo‘jaligi KHK, Quyi Chirchiq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi KHK, Chinoz tuman qurilish va iqtisodiyot KHK, Oqqo‘rg‘on qurilish va kommunal KHK, Bekobod tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi KHK, Bekobod shahar qurilish va kommunal xo‘jaligi KHK, Marg‘ilon qurilish, Andijon qurilish va transport KHK, Namangan qurilish va dizayn KHK) ta’lim muassasasidan 87 nafar o‘quvchi o‘zlarining 230 dan ortiq ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan o‘rganib chiqildi va 3 hil nominatsiya:

- arxitekturaviy binolar maketlari;

- turar-joy va jamoat binolari loyihalari;

- turar-joy va jamoat binolari intererlari va ekstererlari nominatsiyalari asosida baholandi.

Shuningdek, ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichida taklif etilgan umum o‘rta ta’lim maktablaridan Mirzo Ulug‘bek tumani 112-sonli umum o‘rta ta’lim maktabi, Chilonzor tumani 188-sonli umum o‘rta ta’lim maktabi, Uchtepa tumani 75-sonli umum o‘rta maktabi, Sergeli tumani 32-sonli umum o‘rta maktabi o‘quvchilari o‘qituvchilar mas’ulligida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi