| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



36-16 QIo‘ guruh talabalarining “Aloqa tarixi muzeyi” ga uyushtirgan ekskursiyasi
22-05-2018, 10:43
18-may — "Xalqaro muzeylar kuni” munosabati  bilan yoshlarga mamlakatimizda mavjud muzeylar to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida, 36-16 QIo‘ guruh talabalari murabbiyi N.E.Raximov birgalikda 22-may kuni Aloqa tarixi muzeyiga ekskursiya qildilar. Ekskursiya davomida talabalarga muzey tomonidan biriktirilgan mas’ul shaxs Aloqa tarixi muzeyini tarixini aytib berdi. Aloqa tarixi muzeyini 2009-yil 24-oktyabrdan boshlab o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muzey O‘zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo‘limlaridan iborat.
Ekskursiya davomida "Aloqa tarixi muzeyi”da mavjud birinchi telefon apparatlarida talabalar o‘zaro gaplashib ko‘rildi. Mavjud eksponatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi, talabalarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mas’ul shaxs javob berdi. Talabalar ekskursiyadan mamnun bo‘lib qaytishdi.

 

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi