| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



34-16 KTXSo‘ guruhning "Geologiya" muzeyiga tashrifi
22-05-2018, 10:42
2018 yil 22 may  kuni 34-16 KTXSo‘ guruh talabalari  va guruh murabbiysi «Geologiya» muzeyiga tashrif buyurishdi.
U yerda talabalar geologik topilmalar – noyob jonivorlar, qimmatbaho toshlar namunalarini tomosha qilishdi. Shuningdek, muzeyda noyob eksponat–arxidiskodon suyaklarini restavratsiya qilib, namoyishga qo‘yilgan. Oxirgi 60 yil davomida mahalliy geologiya tarixida bu ulkan topilma hisoblanib,  fanning ko‘pgina tarmoqlarida  yangiliklarga sabab  bo‘ldi.
2013 yilning noyabr oyida Toshkent viloyatida Ohangarondan janubiy-sharqiy yo‘nalishda 20 kilometr uzoqlikdagi Ovjasoy qishlog‘i yaqinida xartumliklar oilasiga mansub bo‘lgan arxaik hayvon qoldiqlari topilgan edi. Suyak qoldiqlari yer ostida konservatsiya holatida bo‘lib, yuzaga chiqarilganidan so‘ng kislorod, harorat, atmosfera osimi va boshqa omillar ta’sirida buzila boshladi. 
O‘zbekiston Geologiya muzeyi mutaxassislari Fanlar  akademiyasining polimerlar kimyosi va fizikasi Instituti bilan hamkorlikda restavratsiya ishlari amalga oshirilganligi, maxsus polimer yelimi tayyorlanib, suyak qoliqlaridagi bo‘shliqlar va yoriq joylar u bilan to‘ldirilganligi va buning natijasida,  suyaklarni mustahkamlashga erishilganligi haqida so‘z yuritildi. Hozirda eksponat silliq va yarqiroq yuzaga ega.
Muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina bo‘lib, u yillar davomida boyib boradi. Har bir oilada muzeyning bir elementi mavjud. Ota-ona, bobo-momolarimizdan bizga meros buyum, fotosurat yoki hujjat bo‘ladimi biz avaylab-asraymiz va o‘z farzandlarimizga ular to‘g‘risida faxr bilan so‘zlab beramiz.
Meros bo‘lgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida  yaratilgan san’at asarlari saralanib muzeylardan joy oladi hamda umuminsoniy boylikka aylanadi. Ajdodlardan meros bo‘lgan an’analar va urf-odatlarni farzandlar va nabiralarga aytib berish, meros qoldirish orqali insoniyat tadrijiy rivojlanib boraverishi haqida aytib o‘tildi.
Tadbir doirasida talabalar qiziqarli ma’lumotlar tinglash bilan bir qatorda muzey faoliyati, undagi  nodir eksponatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Barcha talabalar ushbu tadbirdan mamnun bo‘lishdi va O‘zbekistondagi geologik topilmalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ushbu tadbir talabalarda vatanparvarlik g‘ururini yanada ortishiga xizmat qildi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi