| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Quruvchi” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida ishtiroki
22-05-2018, 10:22
"Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining 2018-yilgi mavsum hududiy saralash bosqichida Toshkent arxitektura-qurilish institutining "Quruvchi” jamoasi ishtirok etdi. "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi 21-may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan "ZO‘R-TV” telekanali hamkorligida o‘tkazildi. "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi nafaqat talaba-o‘quvchilar, balki aholining turli qatlamlari, xususan, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ham katta qiziqishni uyg‘otmoqda. Ushbu qiziqishlarni inobatga olgan xolda bu yilgi mavsumdan boshlab nafaqat oliy ta’lim muassasalari jamoalari, balki korxona va tashkilotlar, shuningdek, uyushmagan yoshlardan tashkil topgan jamoalarning ishtirok etishlari kutilmoqda. Joriy yilning aprel-iyun oylarida "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Mazkur bosqich jami 20 ta bellashuvdan iborat bo‘lib shulardan 8 tasi Toshkent shahrida, 12 tasi hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichida Toshkent arxitektura qurilish institutining "Quruvchi” jamoasi faxirli 2-o‘rini egaladi va keying bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi