| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



40a-15 ShQX guruhi murabbiysi Abdullaeva K.D. va guruh talabalarining O‘zbekiston Badiiy Akademiyasiga ekskursiya
22-05-2018, 10:06
22 may 2018 yil seshanba kuni "Muloqot” soatida 40a-15 ShQX guruhi bilan guruh murabbiysi Abdullaeva K.D. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida  O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi kurgazma zalida joylashgan eksponatlar bilan tanishildi. "O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvarda imzolangan. Mazkur tarixiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar asosida Badiiy akademiya tomonidan o‘tgan yigirma yil mobaynida tasviriy san’at sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, rassomlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, yosh rassomlarni tarbiyalash borasida ko‘p ishlar qilindi. Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy badiiy an’analarning o‘ziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi san’at mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. 
Bugungi kunda zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atiga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani, turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon san’at maydonida munosib o‘rin egallashga intilish tendensiyalari ko‘zga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim. 
Ayni vaqtda hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrning o‘zi tasviriy san’at sohasini yanada taraqqiy ettirish, uning bugungi kundagi o‘rni va mavqeini oshirish, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirishni talab etayotganini e’tirof etish lozim.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi