| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



40-16ShQX guruhi talabalarining Toshkentdagi Geologiya muzeyiga ekskursiyasi
22-05-2018, 10:01
2018 yil 18-may kuni "Qurilishni boshqarish" fakulteti 40-16 ShQX guruh talabalari murabbiyi bilan  Geologiya muzeyiga ekskursiya qildilar. Toshkentdagi O‘zbekiston geologiya muzeyi — mamlakatdagi yagona geologiya muzeyidir, u Geologiya instituti va Respublika fanlar akademiyasi bazasida ish olib boradi. Muzey 1937-yilda ochilgan. Muzey fondida 6 mingdan ortiq nodir eksponatlar mavjud, ular tarkibida O‘zbekiston Respublikasi ham va butun dunyoning boshqa burchaklaridagi mavjud noyob mineral va tog‘ jinslari to‘planganligi talabalarda juda qiziqish uyg'otdi.
Muzeyni kirish qismida yurtimizning turli hududlaridan keltirilgan turli minerallar va yurtimizning haritasi, minerallar joylashgan konlarning maketlari keltirilgan. Muzeyda yurtimizning turli hududlaridan keltirilgan geominerallar keltirilgan bo‘lib, har bir mineralning tarkibi, qayerdan olinganligi, sanoatda va yurtimiz iqtisodiy hayotida ularning ahamiyati haqida bizga muzey ekskursavodi ma’lumotlar berdi.
Bundan tashqari muzeyning 2-zalida qazilmalar vaqtida topilgan qadimgi hayvonlarning, dinazavrlar qoldiqlari, toshlar ustidagi oyoq izlari keltirilgan. Muzeyning 3 katta zalida yurtimizdagi qimmatbaho minerallar va ulardan yasalgan turli taqinchoqlar, yurtimiz geologlarining qo‘lga kiritgan sovrinlari va faxriy yorliqlari keltirilgan. Muzeyni tomosha qilgan talabalar yurtimizdagi minerallar va ularning resurslari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi