| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov muzeyiga tashrif uyushtirildi
22-05-2018, 14:00
2018-yil  21-may kuni «Qurilishni boshqarish» fakulteti 36-15 QI guruh talabalari murabbiyi I.Karimov bilan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov haykaliga tashrif uyushtirildi.
Talabalarga Respublikamiz birinchi Prezidenti  Islom Abdug‘aniyevich Karimov Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi ekanligi, uning siyosiy faoliyatidagi o‘rni va roli haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimiz taraqqiyoti, rivoji va jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topishida Birinchi Prezidentimizning amalga oshirgan ishlari, buyuk xizmatlari alohida ta’kidlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida dinimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, madaniy merosimiz qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalqimizning turmush tarzi hamda jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘zida mujassam etgan "O‘zbek modeli” ishlab chiqildi. Yurtimizdagi o‘zgarishlarni sanab tugatib bo‘lmaydi. Albatta, bunda Birinchi Prezidentmiz Islom Karimovning xizmatlari kattadir. Muhtaram Prezidentimiz doimo yoshlarga yuzlanganlarida "Farzandlarim” deb murojaat qilar edilar. Biz ular bilan qanchalik faxrlansak arziydi. 
Talabalar  tashrifdan katta taassurotlar bilan qaytishdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning porloq xotirasi doimo qalbimizda abadiy saqlanishini talabalar kuchli hayajon bilan aytib o‘tdilar.
 

 

 


Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi