| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Innovatsion hamkorlik
8-11-2016, 12:01
Innovatsion hamkorlik
 

INNOVATSION HAMKORLIK

Hozirgi kunda Toshkent arxitektura qurilish institutining 14 ta mutaxassislik kafedralarida 14 ta innovatsion guruhlar tashkil etilgan.

Innovatsion guruhlar tomonidan shartnoma asosida 58 ta tashkilot bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.(1-ilova)

2015-2016 o‘quv yilida Institut kafedralarining 37 ta bosh ilmiy mavzulari, Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchilar uchun fan doktorlari tomonidan tavsiya etilgan 40 ta doktorlik dissertatsiya mavzularini O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, loyiha tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan kelishuv bayonnomalarini tuzish ustida ishlar olib borilmoqda.

Innovatsion guruhlarga kafedralarning 58 ta professor-o‘qituvchilari, 37 ta korxona vakillari, 18 ta katta ilmiy xodim izlanuvchilar, 22 ta magistrantlar va 20 ta iqtidorli talabalar jalb etilgan.

Innovatsion guruhlar tomonidan 58 ta korxonalarning 78 ta ilmiy texnologik muammolari aniqlandi.(2-ilova)

2015-2016 o‘quv yilida kafedralarda korxonalarning ilmiy texnologik muammolari yechimiga qaratilgan 122 ta kurs loyiha(ish)lari, 197 ta mavzuda BMI va diplom loyihalari, 81 ta magistrlik va 18 ta doktorlik dissertatsiyalari mavzularini bajarish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.(3-ilova)