| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
Toshkent arxitektura qurilish institutining birinchi rektori t.f.d., professor B.A.Asqarov
9-03-2017, 08:55
Toshkent arxitektura qurilish institutining birinchi rektori t.f.d., professor B.A.AsqarovToshkent arxitektura qurilish institutining birinchi rektori t.f.d., professor B.A.Asqarov
 
   Texnika fanlari doktori, professor Asqarov Baxtiyor Asqarovich 1942 yil 20 aprelda xizmatchi oilasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964 yili Toshkent Politexnika institutini tamomlab, "Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasida tadqiqotchi sifatida faoliyatini boshlagan. 1972 yili nomzodlik dissertatsiyasi ishini himoya qilgan, 1974-1976 yillar davomida kechki-sirtqi fakultet dekani, 1975-1980 yillarda fakultet kasaba uyushmasi kotibi, 1980–1988 yillar davomida "Sanoat va fuqaro qurilishi” fakulteti dekani, 
    1988-1991 yillar oralig‘ida "Injener qurilishi” fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 6 maydagi farmoni bilan tashkil etilgan Toshkent arxitektura qurilish institutiga rektor etib tayinlangan. B.Asqarov institutning birinchi rektori sifatida 
1991 yildan 2005 yilgacha 15 yil davomida samarali faoliyat yuritib kelgan.
    1993 yili t.f.d., professor R.L.Mailyan rahbarligida "Yuqori mustahkam po‘lat bilan armaturalangan temirbeton konstruksiyalar va samarali g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi yengil konstruksion betonlar ishlab chiqish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Professor B.A.Asqarov rahbarligida 10 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
B.A.Asqarov uzoq yillar davomidagi fidokorona mehnatlari, ilmiy va pedagogik faoliyati uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 11 fevraldagi farmoniga ko‘ra "O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2001 yil 9 noyabrdagi qaroriga ko‘ra "Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlarida qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan. U 2001 yildan "Xalqaro muhandislar akademiyasi” akademigi hisoblanadi.
      Professor B.A.Asqarov 160 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 4 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar tayyorlagan, patent va mualliflik guvohnomalariga ega bo‘lgan. 
Institut faoliyatining barcha yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlarida ko‘pming kishilik institut jamoasini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadlarga yo‘naltirishi, jamoada sog‘lom muhitni yaratish, moxir rahbar va ajoyib tashkilotchi ekanligi alohida e’tirof etiladi.
    Yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularning siyosiy–huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyatini barpo etishda B.Asqarov tashabbusi bilan Respublika oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi namunaviy "Ma’naviyat va ma’rifat markazi” va unda tashkil etilgan turli ko‘rgazmalar va ko‘plab tadbirlar Oliy ta’lim vazirligi tomonidan munosib baholangan.
      "Ma’naviyat kunlari” doirasida o‘tkazilgan ko‘plab hayriya tadbirlari, institutning kam ta’minlangan talabalari jamoa a’zolariga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish shaxsan B.A.Asqarov tashabbuslari bilan amalga oshirilgan.
2004 yil noyabr oyida maxsus reja asosida O‘zbekistonda Arxitektura qurilish ta’limining 75 yilligi keng nishonlanib, qator xayrli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, "Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshida yangi ko‘rgazma zali, arxitektura va qurilish ta’limi sohasiga munosib xissa qo‘shgan olimlar hayoti va ijodini tasvirlovchi galereya B.A.Asqarovning maslahatlari va tavsiyalari asosida tashkil etilgan.
     Professor B.A.Asqarov rahbarlik qilgan 1991-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘iga asosan institut turdosh oliy ta’lim muassasalari ichida tayanch oliy ta’lim muassasasi etib tayinlangan. Mazkur yo‘nalishlar doirasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini amalga oshirishga mas’ul hisoblananib, ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim stnadartlari, o‘quv rejalari va ularga kirgan 200 dan ortiq fanlarning namunaviy o‘quv dasturlari yaratilib, turdosh oliy ta’lim muasassalariga yetkazilgan. Chuqur tahlillar natijasida 13 ta bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim stnadartlari va o‘quv rejalarining yangi avlodlarini yaratilishida B.Asqarovning xissasi ulkan bo‘lgan.
      2005 yilga kelib institut o‘quv jarayonining adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi 95% ni tashkil etgan. Bu Respublika oliy ta’lim muassasalarida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan.
Professor B.A.Asqarov institutga rahbarlik qilgan yillarida professor-o‘qituvchilar tomonidan 22 ta darslik, 200 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan va chop etilgan. Ularning 90% birinchi marta Davlat tilida chop etilgan. 
Professor B.A.Asqarov institut kafedralari, o‘qituvchi-murabbiylar tarkibini yoshartirish va yoshlarni ilmiy va pedagogik faoliyatga jalb etish borasida ham bir qator xayrli ishlarni amalga oshirgan. 2001 yildagi professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 57 dan 2005 yil 49 yoshga keltirilgan.
     O‘quv jarayoni va ma’muriyat faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘targan. Kompyuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining ilk bor ommalashuvi B.A.Asqarovning boshchiligida amalga oshirilgan. Institutda 4 ta ixtisoslashgan kompyuter xonalari tashkil etilib, internet tarmog‘iga ulangan.
1991-2005 yillarda 20 nafar iqtidorli talabalar Beruniy, Navoiy, Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyalariga, 54 nafar talaba B.A.Asqarov tashabbuslari bilan kiritilgan institut miqyosidagi M.T.O‘rozboev, V.Q.Qobulov, A.B.Ashrabov va A.Boboxonov nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘lgan. Talabalar orasida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida institut talabalari uzluksiz ravishda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan.
     O‘tgan yillarda institutda Davlat istiqbolli yo‘nalishlari, yirik innovatsion mavzular asosida ko‘plab ilmiy–tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Faqatgina 2000 va 2005 yillarning o‘zida 7 ta monografiya, 15 ta O‘zbekiston Respublikasi patentlari, 1100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shulardan 94 tasi chet el nashrlarida chop etilgan.
Professor B.A.Asqarov boshchiligida bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlari amaliyotga ham joriy etilgan. Shahrisabz shahridagi arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash, Buxoro va Olmaliq shaharlaridagi bino va inshootlarni qayta tiklash va hokazolar shular jumlasidandir.
     Texnika fanlari doktori, professor B.A.Asqarov rahbarligida samarali yengil betonlar olish, ular asosida konstruksiyalar yaratish va hisoblash usullarini takomillashtirish yo‘nalishida X.A.Akromov, A.A.Xo‘jaev va X.U.Qambarovlar doktorlik, A.T.Omonov, Z.Sattorov, Seyd Vail Redatlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvoffaqiyatli himoya qilib, fan doktorlari va fan nomzodlari darajalariga erishgan.
       Institutning xalqaro aloqalari samaradorligini oshirishda ham B.Asqarovning hissasi beqiyos bo‘lgan. Institut bir qator xorijiy davlatlar va MDH davlatlarining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy, o‘quv-uslubiy, talabalar almashuvi ko‘zda tutilgan shartnomalar imzolangan. Jumladan, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi arxitektura va qurilish fani va ta’limi sohasidagi hamkorligiga asos solingan. Masalan, Germaniyaning "Bauxaus” universiteti, Drezden, Berlin texnika universitetlari bilan hozirgi kungacha davom etayotgan hamkorlik aloqalari shular jumlasidandir.
      B.Asqarov institutga rahbarlik qilgan yillarida institutning moliyaviy ahvoli keskin ijobiy tarafga o‘zgargan. Nobudjet tushumlar salmog‘i ko‘paygan. Bir nechta xo‘jalik hisobidagi markazlar tashkil etilgan. Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, Biznes maktab, Qayta tayyorlash kurslari shular jumlasidandir.
Benazir qobiliyat sohibi ko‘p yillar institutni boshqargan professor B.Asqarovning mustaqillik yillarida Respublikamizda arxitektura qurilish oliy ta’limining rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.