| | |
1 2 3 4 5

ABITURIYENT-2017

“ Shahar qurilishi va xo’jaligi ” kafedrasi
1-11-2016, 12:30
 
Kafedra mudiri: Xotamov Asadulla Toshtemirovich
Telefon: +99897707-48-16, +99890 808-48-16
E-mail: loyiha_ks@mail.ru
Ма`lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: Dotsent
Chet tillarni bilishi: rus tili
Ма`lumoti bo`yicha mutaxassisligi: quruvchi muxandis
 

 
      Shahar qurilishi va xo’jaligi kafedrasi tashkil etilgan sana-1991 yil. Kafedra 1992 yildan "Shahar qurilishi va xo’jaligi” deb nomlandi. Kafedrani 1991-1992 yillarda Qosimova S.T. boshqargan. 1992-1996 yillarda Raximov B.X. boshqargan. 1997-2012 yillarda Qosimova S.T. boshqargan. 2012 yildan Xotamov A.T. mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedra azolari 18 ta fan bo’yicha bakalavrlarga va 12 ta fan bo’yicha magistrlarga maruzalar o’qiydi.
Turli yillarda kafedrada dotsentlar: Xolmurodov M., Qambarov D.S., katta o’qituvchilar: Gritsenko A.S., Tabibov A.L. ishlagan. Bugungi kunda kafedrada professorlar: Raximov B.X., Hodjayev S.A., Muminov N.Sh, dotsentlar: Shojalilov Sh, Qosimova S.Т., Tolipova N.Z., Usmonov Q.T., Mahkamov S.M., katta o’qituvchilar: Mutalova B.I., Kadabaeva Sh.S., Omonova D.F., assistentlar: Abdullayeva K.D., Baranovskaya (Tagayeva) I.Z., Mukimov X.N., Abdusametov A.A., Rustamov O`.I.lar xizmat qilmoqdalar.
      Ular bakalavriat 5340300-"Shahar qurilishi va xo’jaligi” yo`nalishi uchun "Shaharsozlik konsepsiyasi”, "Arxitektura va shaharsozlik asoslari”, "Uy-joy kommunal xo’jaligi va servis asoslari”, "Bino va inshootlar restavrastiyasi, modernizatsiyasi”, "Shaharlar rekonstrukstiyasi va injenerlik infrastrukturasini rivojlantirish”, "Atrof muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi”, "Shahar hududini injenerlik tayyorlash”, "Shahar injenerlik inshootlari”, "Shaharlarni rivojlantirishning tashkillashtirish, rejalash, boshqarish”, "Bino va inshootlarni texnik ekspluatastiyasi”, "Bino va inshootlarni rekonstrukstiyasi”, "Shahar ko’chalari, yo’llari va transport”, "Qurilish remont ishlari texnologiyasi”, "Binolarni tiklashda xisoblash usullari”, "Kommunal maishiy xizmat va servis asoslari” fanlaridan, 5310900-"Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qurilish)” yo`nalishi uchun "Metrologiya asoslari”, "Standartlashtirish asoslari”, "Sertifikatlashtirish asoslari”, 5A340302-"Shahar transport xo’jaligi va aloqa yo’llari” magistratura mutaxassisligi uchun "Ko’cha va yo’llarni rejalashtirish va obodonlashtirish”, "Shahar va qishloq aholi punktlari, yo’llarini rejalashtirish va obodonlashtirish”, "Yo’l transport inshootlari”, "Ko’cha yo’llarning injenerlik yechimlari”,     "Ko’cha yo’l tarmog’ini texnik ekspluatasiyasi”, "Shahar hududini kompleks obodonlahstirish” fanlaridan, 5A310902-"Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (qurilish)” magistratura mutaxassisligi uchun esa "Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari”, "Qurilish materiallarini tadqiq etish va sinash usullari”, "Konstruksiyalarni shikastlanish sabablari va buzilish oqibatlarini aniqlash”, "Qurilish ob`ektlarini topshirishda sifat nazoratini tashkil etish”, "Eksperimentni rejalashtirish va tashkillashtirish”, "Qurilishda ruxsat etilgan cheklovlarni tadqiq etish” fanlaridan talabalarga dars bermoqdalar.