| | |
1 2 3 4 5 6
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
"Menejment" kafedrasi
1-11-2016, 12:13

Kafedra haqida:

Kafedraning tashkil etilishi va rivojlanishida t.f.d., prof. Askarov B.A., i.f.d., prof. Ziyaev M.K., t.f.d., prof. Akramov X.A., p.f.d., prof. Inoyatov U.I., t.f.n., dots. Axmedov S.I., prof. Leshenko B.A., dots. Gimush R.I., i.f.d. Nurimbetov R.I. vaboshqako'pgina professor-o'qituvchilar, olimlar va mutaxassislar o'z hissalarini qo'shganlar. Kafedra 2002 yilda tashkil etilgan bo'lib, Toshkent arxitektura-qurilish institutining "Qurilishniboshqarish” fakul`teti tarkibiga kiradi. Kafedra qurilish sohasi uchun menejerlarni tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Kafedra tarkibi:

Kafedra mudiri:Davletov Islambek Xalikovich

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Davletov Islambek Xalikovich (16.05.1968)Respublika va xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar to’plamlari hamda ilmiy jurnallarda 110 danortiqilmiymaqolalarvatezislari chop etilgan, shunindek 2 tа monografiya va 13 tа o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi. "Тurarjoylar ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va iste’mol sifatini baholashnihisobga olgan holda uy-joyqurilishining rivojlantirish strategiyasi” nomli doktorlik dissertatsiyasi mavzusida ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.

 

texnika fanlari nomzodi, dotsent Gimush Rifgat Idrisovich (16.05.1948)3 ta monografiya, 25 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 10 ta normativhujjatlarva 230 dan ziyod ilmiy maqolalal rmuallifi hamda birqancha davlat byudjeti va xo’jalik shartnomasi asosidagi ITIlari rahbari va mas’ul ijrochisi. Qurilishda menejment va loyiha yechimlarni baholash usullarini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy izlanisharni olib bormoqda.

 

 

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Xairova Dinara Rimovna (26.08.1960)12 ta o’quv, 5 ta o’quv-uslubiy materiallar va 75 dan ortiq ilmiy maqolalalr chop etgan. Qurilish sohasida 3 ta me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarni tayyorlashda qatnashgan. Hozirgi paytda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qurilish sohasida islohotlarning dolzarb muammolariga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasi uctidaishlamoqda.


 

 

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Mamanazarov Oybek Shomurodovich (18.08.1980):Respublika va xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar to’plamlari hamda ilmiy jurnallarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislari chop etilgan. 6tа o’quv va uslubiy ko’rsatmalar muallifi. "Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari(Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalari misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi uctida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.


katta o’qituvchi Karimova Omad Uchqunovna (12.12.1950):Respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar to’plamlarida 60dan ortiq ilmiy maqola va tezislari hamda 2 tа o’quv qo’llanma va 12ta uslubiyishlari chop etilgan. "Agrosanoat sohasida kapital qo’yilmalarning iqtisodiysamaradorligi”mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi uctida izlanmoqda.

 

 

 

katta o’qituvchi Mirg’aniyeva Ra’no Shaxobutdinovna (11.07.1970)Respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar to’plamlarida 45dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.Ozbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni kiritishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishining dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

 

 

katta o’qituvchi Shamsutdinova Durdona Shoxaydarovna (02.07.1977):Respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan turli anjumanlar to’plamlarida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari hamda 1 ta o’quv qo’llanmasi nashr etilgan."Qurilish kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruv strategiyasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi uctida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 


katta o’qituvchi Mamatqulova Nodira Makkamovna (20.11.1982)Respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan turli anjumanlar to’plamlarida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan."Qurilishning ekologik muammolar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi uctida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

 

 

 

katta o’qituvchi Xalilova Aziza Rustamovna (29.10.1980)Respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan turli anjumanlar to’plamlarida 14 ta ilmiy maqolalari chop etilgan hamda 1 ta o’quv qo’llanma muallifi."Bozor sharoitida uy-joy qurilishi rivojlanishining iqtisodiy muammolari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

 

 

kattao’qituvchi Raximov Qodir Ergashevich (02.02.1983)Respublika va xalqaro miqyosdadagi turli anjumanlar to’plamlarida 40 dan ziyod ilmiy maqola va tezislari hamda 2ta o’quv qo’llanma va 2 ta uslubiy ko’rsatmalari chop etilgan. "Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qurilish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi uctida ilmiyizlanishlar olib bormoqda.

 

 

katta o’qituvchi Berdiyeva Dilfuza Axatovna (01.07.1983)Respublika va xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar to’plamlarida14 ta ilmiy maqolalari chop etilgan hamda 2ta o’quv qo’llanma va 1 ta uslubiy ko’rsatmalari nashr etilgan."Oliy ta’limmuassasalarida boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari” nomlidoktorlik dissertatsiyasi mavzusida ilmiyizlanishlarniolib bormoqda.

 

 

assistant Xaydarova E’zoza Shukurullayevna (05.02.1987)Respublika miqyosidagi turli anjumanlar to’plamlarida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari hamda etilgan hamda 1ta o’quv qo’llanma va2 ta uslubiy ko’rsatmalari chop etilgan. "Qurilish tashkilotlarida innovatsion boshqaruv strategiyasi samaradorligini oshirisning zamonaviy yo’llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

 

O‘qitiladigan fanlar ro‘yhati

BAKALAVRIATURA

  • Menejment

  • Marketing

  • Inson resurslarini boshqarish

  • Logistika

  • Biznes – rejalashtirish

  • Innovatsion menejment

  • Investitsion loyihalarni moliyalashtirish

  • Ishlab chiqarish menejmenti

  • Xalqaro menejment

  • Kichik biznes va tadbirkorlik

  • Qurilishni tashkil etish va boshqarish

  • Qurilish industriyasi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

  • Servis faoliyati

  • Servisda menejment asoslari

  • Menejment asoslari (institutningbarchata’limyo’nalishlaridao’qitiladi)

  • Soliqlar va soliqqa tortish(institutningbarchata’limyo’nalishlaridao’qitiladi)

  • Menejment va ekonomika

  • Marketing va tanlov savdolarini tashkil etish

  • Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi

  • Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish va moliyaviy boshqarish

MAGISTRATURA

  • Tizimli menejment nazariyasi

  • Qurilishda menejment

  • Korporativ boshqaruv

  • Loyihalar tahlili va ularni boshqarish

  • Qurilishda marketing va tanlov savdolarini tashkil etish

Kafedradagi ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklar:

  • Bakalavriat: 5230200 – Menejment (qurilish); 5610100 – Xizmatlar sohasi (uy-joy,kommunal va maishiy xizmatlar) 5111000 – Kasb ta'limi (5610100 – Xizmatlar sohasi)

  • Magistratura: 5A230201 – Menejment (qurilish)

"Menedjment” kafedrasi haqida ma'lumot

    Kafedraning tashkil etilishi va rivojlanishida t.f.d., prof. Askarov B.A., i.f.d., prof. Ziyaev M.K., t.f.d., prof. Akramov X.A., p.f.d., prof. Inoyatov U.I., t.f.n., dots. Axmedov S.I., prof. Leshenko B.A., dots. Gimush R.I., i.f.d. Nurimbetov R.I. vaboshqako'pgina professor-o'qituvchilar, olimlar va mutaxassislar o'z hissalarini qo'shganlar.

    Hozirgikunda (2012 yil 2 apreldan) kafedramudirilavozimidai.f.n., dots. Davletov I.X. ishlabkelmoqda, kafedrada15 danziyodprofessor-o'qituvchilarfaoliyatko'rsatadi, jumladani.f.d., prof. Nurimbetov R.I., dots. Gimush R.I., dots. Xairova D.R., dots. MamanazarovO.Sh., k.o'q. Karimova O.U.,k.o'q. Mirganieva R.SH., k.o'q. Raximov Q.E.vaboshqalar.

    2015-2016 o'quv yilida 5230200 - Menejment (qurilish) yo'nalishi buyicha 27 nafar talabalarmagistrlar bitirishi kutilmoqda.

    Kafedra zamonaviy kom`yuter va ofis texnikalari bilan ta'minlangan bo'lib, o'z elektron kutubxonasiga ega. Kadrlarni tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayonida ilg'or o'quv metodikalari, yangi pedagogik va informatsion-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari hamda talabalari dars mashg'ulotlari uchun dolzarb mavzulardagi ma'lumotlar va xabarlarni institut internet tarmog'i orqali olish, shuningdek TDIU va boshqa turdosh yo'nalish va mutaxassisliklar mavjud OTMlari, respublikaning nufuzli Alisher Navoiy nomidagi kutubxona fondlaridan foydalanish imkoniyatlariga ega.

    Kafedra talabalari har yili respublika miqyosida o'tkaziladigan turli xil tanlovlar, ko'rgazmalarda faol qatnashib kelmoqda. Shuningbilanbirgalikdarespublika fan olimpiadasida "Menejmentva marketing” va "Servis” fanlaridansovrinli 2- va 3-o'rinlarni egallabkelishmoqda.

    Kafedrada iqtidorli talabalarga kengaytirilgan tarzda konsul`tatsiya va qo'shimcha darslarni olib borish uchun ilmiy dasturlar va maqsadli tayyorlash shaxsiy rejalar ishlab chiqilgan, shuningdek talabalar ilmiy jamiyati va to'garaklari tashkil etilgan. Talabalar loyihalarida hisob-kitob ishlari va ITI elementlari uchun komp`yuter dasturlaridan faol foydalanilmoqda hamda ular uchun zarur bo'lgan o'quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilgan.

    Bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari qurilish tashkilotlari, firmalar, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan kelishilgan holda dolzarb mavzularda bajarilmoqda hamda tadqiqot natijalari esa korxona va tashkilotlar amaliy faoliyatiga tatbiq etilmoqda. Kafedrada fanlarni o'qitish va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish ishlariga qurilish ishlab chiqarishining turli sohalaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetakchi mutaxassislar jalb qilinmoqda.

    Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, o'quv-uslubiy majmualar, shuningdek uslubiy ko'rsatmalar va tavsiyalar shaklida katta hajmdagi ilmiy-uslubiy ishlar bajarilib kelinmoqda. Oxirga 5 yil davomida kafedrada 30 dan ortiq o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va 5 ta monografiya tayyorlandi.

    Ko'pchilik professor-o'qituvchilar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi grantlari hamda qurilish tashkilotlari va korxonalari buyurtmalari bo'yicha tadqiqotlar bilan shug'ullanishadi. Bugungi kunda kafedrada kapital qurilishning moddiy-texnika bazasini samarali rivojlantirishga hamda mazkur sohaning muhim zaxiralarini ochish samaradorligini oshirishga bag'ishlangan fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda talabalar hamda magistrlar faol qatnashmoqdalar.

    Kafedra yetarli darajada yuqori va rivojlanuvchi salohiyatga ega bo'lib, bugungi kunda:

    shartnoma asosida manfaatdor qurilish majmuasi korxonalarining quyi va o'rta bo'g'ini boshqaruv xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug'ullanish;

    qurilish mahsulotlari marketingi, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish menejmenti sohalarida konsalting xizmatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega.